O‘zbekistonda militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik uchun jazo kuchaytiriladi

© SputnikUzbekskie militsioneri
Uzbekskie militsioneri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi tayyorlandi.

TOShKENT, 13-may – Sputnik. Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasini tayyorladi.

O‘zbekistonda pensiyalarni tayinlash bo‘yicha hukumat qarori loyihasi tayyorlandi

Hujjat umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Yangi hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 219-moddasi quyidagi quyidagi tahrirda bayon etilishi mumkin:

“219-modda. Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish yoxud unga nisbatan zo‘rlik ishlatish

Xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatish, xuddi shuningdek xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan hokimiyat vakiliga yoxud fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga nisbatan hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatish –

eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Sotrudniki Natsionalnoy gvardii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Ichki ishlar bo‘limining qaysi vazifalari Milliy gvardiyaga beriladi?

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarni qanday shaklda bo‘lmasin o‘zining xizmat vazifasini yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga yoxud qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish, xuddi shuningdek ularga nisbatan hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish –

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartishlar kiritiladi:

194-modda. Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik:

birinchi qismining sanksiyasidagi “ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha” degan so‘zlar “bir baravaridan uch baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi “ikki baravaridan uch baravarigacha” degan so‘zlar “uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

195-moddaning - Militsiya xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar “uch baravaridan yetti baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

Koordinator mejregionalnoy obshestvennoy organizatsii Moskovskiy profsoyuz politsii Mixail Pashkin - Sputnik O‘zbekiston
Ichki ishlar xodimlariga hujumlar soni nega ko‘paymoqda – ekspert fikri

198-modda. Hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish:

birinchi qismining sanksiyasidagi “ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan ikki baravarigacha” degan so‘zlar “bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar “uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan yetti baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

Yangiliklar lentasi
0