O‘zbekistonda pensiyalarni tayinlash bo‘yicha hukumat qarori loyihasi tayyorlandi

Obuna bo‘lish
Moliya vazirligi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiyalarni tayinlashga doir hukumat qarori loyihasini tayyorladi.

TOShKENT, 13-may – Sputnik. “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash uchun zarur hujjatlarni yig‘ish jarayonini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “O‘zarxiv” agentligi hamda tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek shaxsiy tarkibga oid hujjatlar saqlovi mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralarga elektron so‘rovnomalar yuborish va qabul qilish tizimi orqali amalga oshirilishi;

Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Pensiya va nafaqalarni tayinlashga doir hukumat qarori loyihasi tayyorlandi

2020 yil 1-yanvardan boshlab tajriba tariqasida Davlat xizmatlari agentligining Toshkent shahri Bektemir, Yakkasaroy va Chilonzor tuman bo‘limlari orqali, 2020-yilning 1-iyuldan boshlab esa respublikaning barcha hududlarida joriy etilishi to‘g‘risidagi takliflari ma’qullash belgilangan.

Hujjat loyihasida aytilishicha, 2021-yil 1-yanvardan boshlab:

“a) davlat pensiyalarini tayinlashda fuqaroning ish staji mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining axborot tizimiga kiritilgan elektron ma’lumotlarga asosan hisoblanadi;

b) fuqarolarning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlari:

2005-2015 yillardagi davr uchun - AT “Xalq banki”ning jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar;

2016-2018 yillardagi davr uchun - Davlat soliq qo‘mitasining fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri, 2019-yildan keyingi davr uchun esa - ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritish reyestri ma’lumotlari asosida tasdiqlanadi.

Ushbu davrlar uchun fuqarolarning mehnat stajini tasdiqlovchi qog‘oz shaklidagi ma’lumotlar talab qilinishi man etiladi”, - deyilgan qaror loyihasida.

 

Yangiliklar lentasi
0