Dunyoda

Varvara Karaulova ozodlikka chiqdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka oʻtishOglasheniye prigovora Varvare Karaulovoy
Oglasheniye prigovora Varvare Karaulovoy - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Vologda shahrining sudi Varvara Karaulovani muddatidan avval ozod qilish toʻgʻrisida arizani qanoatlantirgan.

TOSHKENT, 27 apr  — Sputnik. “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasiga qoʻshilmoqchi boʻlgan Varvara Karaulova Vologda shahrida joylashgan koloniyadan ozodlikka chiqdi.  RIA Novosti xabariga asosan.

Varvara Karaulova vыstupila s poslednim slovom v Moskovskom okrujnom voyennom sude - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
“ISHID”ga qoʻshilmoqchi boʻlgan Karaulova muddatidan oldin ozod qilindi

Vologod viloyatining inson huquqlari boʻyicha vakil Oleg Dimoni Karaulovani kutib oldi. Koloniya xodimlari kuzatuvi ostida ular tez mashinaga oʻtirishdi.

Karaulova jurnalistlar bilan suhbatlashmadi. Faqat baxtli ekanligini aytdi.

Oʻtgan haftada Vologda shahrining sudi Varvara Karaulovani muddatidan avval ozod qilish toʻgʻrisida arizani qanoatlantirgan edi.

Sud Karaulovani jamiyatdan ajratishga ehtiyoj qolmagani haqida xulosaga kelgan.

Karaulova ishi

Varvara Karaulova 2015 yil oktyabr oyida hibsga olingan. Karaulova ikkinchi kurs talabasi boʻla turib, ota-otasining ruxsatisiz Istanbulga ketgan. U yerda Suriyaga ketishga harakat qilgan rossiyaliklar guruhi bilan qoʻlga olingan.

Demonstrantы s flagom IG. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
“Islom davlati” qayerda qayta tiklanishi mumkinligi maʼlum qilindi

Boshida Karaulovaga nisbatan jinoyat ishini qoʻzgʻatmaslik haqida qarorga kelingan. Biroq keyinchalik u terrorchilar bilan aloqani davom ettirayotgani maʼlum boʻldi.

Sudda Karaulova qilgan ishlaridan pushaymon ekanligini taʼkidlab oʻtdi. Uning soʻzlariga koʻra, u teraktlarni amalga oshirishda ishtirok etishni istamagan, faqat sevgiligi oldiga, unga turmushga chiqish uchun Suriyaga borgan.

2016 yilda “Islom davlati” guruhiga qoʻshilmoqchi boʻlgan Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti sobiq talabasi 4,5 yil koloniyaga mahkum etilgandi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0