“Islom davlati” qayerda qayta tiklanishi mumkinligi ma’lum qilindi

© AFP 2023 / TAUSEEF MUSTAFADemonstranti s flagom IG. Arxivnoe foto
Demonstranti s flagom IG. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Stanistav Gajimagomedov “Islom davlati”* qayerda qayta tiklanishi mumkinligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 24 apr – Sputnik. Suriyada Furot (Yevfrat) darosi orqasidagi hududda “Islom davlati”* qayta tiklanishi mumkin.

Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtab bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Stanistav Gajimagomedov ma’lum qildi.

Prezident Tureskoy Respubliki Redjep Tayip Erdogan  - Sputnik O‘zbekiston
“Islom davlati” dunyoni qo‘rqitish maqsadida yaratilgan loyihadir – Erdo‘g‘on

“Furot darosi orqasidagi joy izolyatsiya qilingan hudud bo‘lib qolmoqda. Hududda istiqomat qiluvchi aholi o‘rtasida separastistik kayfiyatlarni kuchaytirib, Suriya va Iroq hududiy yaxlitligiga tahdid soladi. Shuningdek, “Islom davlati”* xalqaro terrorchilik uyushmasini qayta tiklanishiga olib kelishi mumkin”, - dedi Gajimagomedov Moskva xalqaro xavfsizlik anjumanida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hudud, shu jumladan Xajin shahridagi tumanda AQSh operatsiyasi yakunlangan sharoitda transport infratuzilmani tiklash zarurati yuzaga kelgan.

Transport tuzilmasi tiklansa daroning ikki tomonida istiqomat qiluvchi suriyaliklar o‘rtasida aloqalarni tiklanishiga yordam berdi.  

“Rossiya Federatsiyasi bir necha marta Furot darosi orqali avtomobil ko‘prikni tiklashga harakat qilgan. Biroq bu tashabbus Qo‘shma Shtatlar va ular nazorat qiluvchi kuchlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi. Shunga o‘xshash qadamlar BMT yo‘nalishi bo‘yicha ham amalga oshirilgan, biroq hozirgacha masala ochiqligicha qolmoqda”, - deb qo‘shimcha qildi Rossiya mudofaa vazirligi vakili.

Shuningdek, Suriya demokratik kuchlar nazorati ostida bo‘lgan El-Xasak provinsiyasida joylashgan qochqinlar lageri hududida og‘ir gumanitar vaziyat saqlanib turibdi.

*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot.

Yangiliklar lentasi
0