“IShID”ga qo‘shilmoqchi bo‘lgan Karaulova muddatidan oldin ozod qilindi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishVarvara Karaulova vistupila s poslednim slovom v Moskovskom okrujnom voyennom sude
Varvara Karaulova vistupila s poslednim slovom v Moskovskom okrujnom voyennom sude - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yilda “Islom davlati” safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining sobiq talabasi 4,5 yil koloniyaga mahkum etilgan.

TOShKENT, 16 apr – Sputnik. Vologod shahrining sudi Varvara Karaulovani muddatidan avval ozod qilish to‘g‘risida arizani qanoatlantirdi.

Andrey Serenko - Sputnik O‘zbekiston
Serenko teraktlar xavfi haqida: bugungi kunda IShID tarafdorlari O‘zbekistonda yashamoqda

Sudda Karaulovani jamiyatdan ajratishga ehtiyoj qolmagani haqida xulosa qilingan.

2016 yilda “Islom davlati” guruhiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti sobiq talabasi 4,5 yil koloniyaga mahkum etilgandi.

Varvara Karaulova 2015-yil oktabr oyida hibsga olingan.

Karaulova ikkinchi kurs talabasi bo‘la turib, ota-otasining ruxsatisiz Istanbulga ketgan. U yerda Suriyaga ketishga harakat qilgan rossiyaliklar guruhi bilan qo‘lga olingan.

Jazoni o‘tayotgan vaqtda Karaulova “Sinergiya” universitetiga sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiradi.

2018 yilda noyabr oyida Karaulova Inson huquqlari bo‘yicha vakil - Ombudsman Tatyana Moskvalkovaga muddatidan avval ozod qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0