Dunyoda

“ISHID” bayrogʻi, xudkush-terrorchilar va portlashlar: Shri-Lankada navbatdagi hujum

© REUTERS / Dinuka LiyanawatteShri-lankiyskiye voyennыe vozle mesta vzrыva v Kolombo, Shri-Lanka
Shri-lankiyskiye voyennыe vozle mesta vzrыva v Kolombo, Shri-Lanka - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shri-Lanka Seyntamarutu shahrida portlagan uyda jami 15 nafar, 6 nafar erkak, 3 nafar ayol va 6 nafar bolaning jasadi topildi.

TOSHKENT, 27 apr  — Sputnik. Shri-Lankaning sharqiy qismida uy portladi. Voqea joyida 15 nafar inson, shulardan 6 ta bolaning jasadi topildi. Bu haqda RIA Novosti Ada Derana  portaliga asosan xabar qildi.

Sotrudniki sapernoy gruppы spetsialnogo naznacheniya osmatrivayut mesto vzrыva furgona vozle tserkvi, kotoraya bыla atakovana v Kolombo - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Navbatdagi hujum: Shri-Lankada yana portlash sodir boʻldi

“Seyntamarutu shahrida portlagan uy ichida jami 15 nafar, 6 nafar erkak, 3 nafar ayol va 6 nafar bolaning jasadi topildi”, - deyilgan xabarda.

Kuni kecha Kalmunay shahrida yana uchta portlash yuz berdi. Shunday keyin politsiya komendantlik soatini joriy qildi va 20 nafar gumonlanuvchi qoʻlga olindi.

Shri-Lanka harbiylari va gumonlanuvchilar oʻrtasida otishma yuz berdi. Harbiylar ikki nafar jangarini yoʻq qilishdi.

Toʻqnashuv davomida ikki nafar jangari va mahalliy fuqaro halok boʻldi.

Xabarda taʼkidlanishicha, Harbiylar reydlar davomida portlash qurilmalar, harbiy kiyim hamda “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasining bayroqlarini aniqlashdi.

Hujum ostida qolgan Shri-Lanka

Shu yil 21 aprelda Shri-Lankada katoliklar Pasxa bayram marosimida 8 ta portlash sodir boʻldi. Birinchi oltita – Kolombo, Negombo, Battikaloa shaharlardagi cherkov va otellarda, yettinchi orolning gʻarbida hamda sakkizinchi portlash Kolomboning aholi turar majmuada sodir boʻldi.

Mahalliy OAVlarga qaraganda, teraktlarni hudkush-terrorchilar tomonidan sodir etdi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 359 kishi halok boʻldi, 500 kishi jarohatlandi.

Seriya vzrыvov na Shri-Lanke - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shri-Lanka qurbonlari orasida oʻzbekistonliklar yoʻq – TIV

Dushanba kuni Kolomboda yuk mashinasida yana bir bomba aniqlandi.

Sapyorlar terakt sodir etilgan cherkov yonida topilgan bombani zararsizlantirish vaqtida yuk mashinasi portlab ketgan.

“Islom davlati” xalqaro terrorchilik uyushmasi Shri-Lankadagi portlashlar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi.

Mamlakat prezidenti Maytripal Sirisen mudofaa vazirligi kotibi Xemasiri Fernando va politsiya boshligʻi Pujitxa Jayasundaru isteʼfoga ketishini soʻradi.

*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0