Jamiyat

Shri-Lanka qurbonlari orasida oʻzbekistonliklar yoʻq – TIV

© REUTERS/Dinuka LiyanawatteSeriya vzrыvov na Shri-Lanke
Seriya vzrыvov na Shri-Lanke - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston elchixonasi Shri-Lankaning tegishli organlari bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi.

TOSHKENT, 23 apr – Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Shri-Lankadagi portlashlar qurbonlari orasida hozircha oʻzbekistonliklar qayd etilmagani haqida axborot berdi.

Shri-lankiyskiye voyennыe vozle mesta vzrыva v Kolombo, Shri-Lanka - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Shri-Lankada teraktlardan soʻng 40 kishi qoʻlga olindi – OAV

“Oʻzbekistonning Hindistondagi elchixonasi maʼlumotiga koʻra, 21 aprel kuni Shri-Lankada sodir boʻlgan qator portlashlar qurbonlari orasida hozirgi vaqtgacha Oʻzbekiston fuqarolari qayd etilmagan. Shuningdek, shaxsini aniqlash boʻyicha tegishli ishlar amalga oshirilayotgan boshqa jasadlar mavjud”, — deyiladi TIV xabarida.

Oʻzbekiston elchixonasi Shri-Lankaning tegishli organlari bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi.

Eslatib oʻtamiz, 21 aprel kuni Shri-Lankada katoliklar Pasxa bayram marosimida 8 ta portlash sodir boʻldi. Birinchi oltita – Kolombo, Negombo, Battikaloa shaharlardagi cherkov va otellarda, yettinchi orolning gʻarbida, sakkizinchi Kolomboning aholi turar majmuada sodir boʻldi.

Boris Volxonskiy - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Shri-Lankadagi teraktlar orqasida kim turibdi – ekspert fikri

Mahalliy OAVlarga qaraganda, teraktlarni hudkush-terrorchilar tomonidan sodir etdi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 310 kishi halok boʻldi, 480 kishi jarohatlandi.

Dushanba kuni Kolomboda yuk mashinasida yana bir bomba aniqlandi.

Sapyorlar terakt sodir etilgan cherkov yonida topilgan bombani zararsizlantirish vaqtida yuk mashinasi portlab ketgan.

Mamlakat hukumati 23 aprel kuni motam kuni eʼlon qildi.

“Islom davlati” xalqaro terrorchilik uyushmasi Shri-Lankadagi portlashlar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi.

Yangiliklar lentasi
0