Navbatdagi hujum: Shri-Lankada yana portlash sodir bo‘ldi

© REUTERS / Dinuka LiyanawatteSotrudniki sapernoy gruppi spetsialnogo naznacheniya osmatrivayut mesto vzriva furgona vozle serkvi, kotoraya bila atakovana v Kolombo
Sotrudniki sapernoy gruppi spetsialnogo naznacheniya osmatrivayut mesto vzriva furgona vozle serkvi, kotoraya bila atakovana v Kolombo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Payshanba kuni ertalab Kolombodan 40 km uzoqlikda joylashgan Pugoda tumanida portlash yuz berdi.

TOShKENT, 25 apr – Sputnik. Kolombodan 40 km sharq tomonda joylashgan tumanda yangi portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti News 1st telekanaliga asosan xabar qildi.  

Shri-lankiyskie voyennie vozle mesta vzriva v Kolombo, Shri-Lanka - Sputnik O‘zbekiston
Shri-Lankada teraktlardan so‘ng 40 kishi qo‘lga olindi – OAV

Ta’kidlanishicha, payshanba kuni ertalab Pugoda tumanida portlash yuz berdi. Halok va jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.

Voqea joyida politsiya xodimlari ishlamoqda.

Xabarda aytilishicha, sud binosi oldidagi turgan chiqindilar baki portladi.

Shri-Lankada hujumlar

Yakshanba, 21-aprel kuni Shri-Lankada katoliklar Pasxa bayram marosimida 8 ta portlash sodir bo‘ldi. Birinchi oltita – Kolombo, Negombo, Battikaloa shaharlardagi cherkov va otellarda, yettinchi orolning g‘arbida, sakkizinchi Kolomboning aholi turar majmuada sodir bo‘ldi.

Mahalliy OAVlarga qaraganda, teraktlarni hudkush-terrorchilar tomonidan sodir etdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 359 kishi halok bo‘ldi, 500 kishi jarohatlandi.

Boris Volxonskiy - Sputnik O‘zbekiston
Shri-Lankadagi teraktlar orqasida kim turibdi – ekspert fikri

Dushanba kuni Kolomboda yuk mashinasida yana bir bomba aniqlandi.

Saporlar terakt sodir etilgan cherkov yonida topilgan bombani zararsizlantirish vaqtida yuk mashinasi portlab ketgan.

“Islom davlati”* xalqaro terrorchilik uyushmasi Shri-Lankadagi portlashlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Mamlakat prezidenti Maytripal Sirisen mudofaa vazirligi kotibi Xemasiri Fernando va politsiya boshlig‘i Pujitxa Jayasundaru iste’foga ketishini so‘radi.

*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0