TOShKENT, 16 yanv – Sputnik. Elchi Pekin shahrida o‘tkaziladigan “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etish uchun O‘zbekiston prezidenti nomiga yo‘llangan Xitoy tomonining rasmiy taklifnomasini topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 16-yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Szan Yanni qabul qildi. Suhbat chog‘ida 2019-yil uchun mo‘ljallangan O‘zbekiston – Xitoy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuvda Toshkent shahrida oliy darajadagi O‘zbekiston – Xitoy uchrashuvini o‘tkazishning amaliy jihatlari ham muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga tashrif sanasi ma’lum bo‘ldi
“Bir makon, bir yo‘l” forumi ilk bor Pekin shahrida 2017-yilda o‘tkazildi. Mazkur forumda 30 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari hamda yirik xalqaro tashkilot rahbarlari ishtirok etishgandi. “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forum joriy yilning aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.