Xitoy O‘zbekistonda 1000 kishi ishlaydigan to‘qimachilik korxonalari quradi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishTekstilnie fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane
Tekstilnie fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy kompaniyasi Qashqadaryo va Toshkentda 1000 kishi ishlaydigan korxonalar qurishga tayyor.

TOShKENT, 25 apr – Sputnik. Xitoyning yirik xalqaro korporatsiyasi Qarshqadaryo va Toshkent viloyatlarida to‘qimachilik korxonalari qurmoqda, deb xabar qildi O‘zA.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu tekstilnogo predpriyatiya v Shavatskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Shovot tumanidagi to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi

2017 – 2017-yillarda “Jinsheng Group” Qashqadaryo viloyatida umumiy qiymati 109 million dollar bo‘lgan yuqori texnologiyali to‘qmachilik majmuasi qurib bitkazdi. Korxonada 700 kishi ishlaydi.

Ayni damda ushbu loyihaning ikkinchi va uchinchi bosqichlari amalga oshirilmoqda. Unda 100 million dollar evaziga Qashqadaryo viloyatida zamonaviy to‘qimachilik majmuasi quriladi.

Korxona 2020-yilning birinchi soragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Uning umumiy quvvati 15 000 tonna aralash ip va 10 million metr kvadrat matolar.

Tekstilnie fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari eksport hajmini 7 mlrd. dollarga yetkazmoqchi

Jinsheng Group delegatsiyasining O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifi davomida “O‘zto‘qimasanoat” va Toshkent hamda Qashqadaryo viloyatlari hokimiyatlarida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Xitoy kompaniyasi 2019 – 2022-yillar davomida Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari hududida paxta-to‘qimachilik klasterini ishga tushirishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

“Jinsheng Group” – bu to‘qimachilik sohasiga ixtisoslashgan, bir necha korxonadan iborat ishlab chiqarish guruhidir. Uning tarkibiga 77ta kompaniya kiradi. Kompaniyalar Germaniya, Shveysariya, XXR va boshqa davlatlar hududlarida joylashgan. Ularning yilik umumiy oboroti 3 milliard dollarni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0