Shavkat Mirziyoyev Shovot tumanidagi to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu tekstilnogo predpriyatiya v Shavatskom rayone
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu tekstilnogo predpriyatiya v Shavatskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xorazm viloyatidagi “Katqal’a teks” korxonasi yiliga 70 million juft, qiymati 30 million dollarlik paypoq tayyorlash quvvatiga ega.

TOShKENT, 29 noya - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyov Xorazm viloyatiga safari doirasida Shovot tumanidagi “Katqal’a teks” korxonasiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev ikki yil muqaddam Uztex kompaniyalar guruhiga Shovot tumanida yuqori texnologik imkoniyatlarga ega mazkur korxonani tashkil etish va mahalliy aholini ish bilan ta’minlash yuzasidan topshiriqlar bergan edi.

Shavkat Mirziyoyev dlya oznakomleniya s sotsialno-ekonomicheskimi proyektami otbil v Xorezmskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy holat bilan joyida tanishish maqsadida Xorazmga jo‘nab ketdi

Loyiha qiymati 65 million dollar bo‘lgan korxona faoliyati ikki bosqichda tashkil etildi. 2017-yilda amalga oshirilgan dastlabki bosqichda Italiyaning “Lonati” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 528 ta, joriy yilda yana 512 ta paypoq to‘qish dastgohi xarid qilindi. 

Bugungi kunda korxonada turli o‘lchamdagi ayollar, erkaklar va bolalar paypoqlari ishlab chiqarilmoqda. Yiliga 70 million juft, qiymati 30 million dollarlik paypoq tayyorlash quvvatiga ega qo‘shma korxonada ishlab chiqarish jarayoni to‘liq innovatsion texnologiyalar asosida boshqariladi. O‘tgan yili korxonada 5,7 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, ichki bozorga yo‘naltirildi. Joriy yildan to‘la quvvat bilan ishlay boshlagan korxonada oktabr oyi holatiga ko‘ra 12,5 million juft paypoq to‘qildi. 3,85 million dollarlik mahsulot AQSh, Rossiya, Moldova, Ukraina kabi qator mamlakatlarga eksport qilindi.

Shu yerda Xorazm viloyatida to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish, “Dererlop Textile” MChJ tomonidan “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi hududida yengil sanoat majmuasi tashkil etish, Shovot tumanida aralash va paxta ip-kalava ishlab chiqarish bo‘yicha yangi yigiruv fabrikasi qurish, Urganch shahrida “Textile finanse Horezm” MChJ tomonidan tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish, Toshkent viloyati Parkent tumanida Uztex Zarkent sanatoriysini barpo etish loyihalari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev yengil sanoat tarmog‘ini jadal rivojlantirish,  mahsulot eksportini kengaytirish, qo‘shimcha daromad manbalari va ish joyini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Yangiliklar lentasi
0