O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari eksport hajmini 7 mlrd. dollarga yetkazmoqchi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishTekstilnie fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane
Tekstilnie fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbeksitonda 2025-yilga qadar to‘qimachilik mahsulotlari eksportini 7 mlrd. dollarga yetkazishni nazarda tutuvchi Konsepsiya ishlab chiqiladi.

TOShKENT, 13 fev – Sputnik. To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatining eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" Telegram-kanalida xabar qilindi.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu tekstilnogo predpriyatiya v Shavatskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Shovot tumanidagi to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Qarorga ko‘ra, 2019-yil 1-apreldan 2019-2021 yillarda mahsulotining kamida 80 foizini eksport qiladigan tikuv-trikotaj korxonalarining kreditlarini to‘lash xarajatlari Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan quyidagi tartibda qoplanadi:

- milliy valyutada beriladigan kreditlar bo‘yicha belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida;

- xorijiy valyutada beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining 50 foizi miqdorida;

- nol stavkasini qo‘llagan holda vujudga kelgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar to‘liq taqdim etilgan kundan e’tiboran 7 ish kuni davomida soliq to‘lovchiga qaytariladi;

- birja savdolari orqali paxta tolasini sotib olishda qat’iy talab qilinadigan bank kafolatlari bekor qilinadi.

- 2019-yil hosilidan paxtani sotib olishda qo‘shilgan qiymat solig‘i amaldagi sotish narxidan kelib chiqib hisoblanadi.

Tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasidan vujudga kelgan nol stavkadagi qo‘shilgan qiymat solig‘ini korxonalarga qaytarish  to‘g‘risida taqdim qilgan arizalarini qabul qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan dastur ishlab chiqiladi.

2025 yilga qadar to‘qimachilik mahsulotlari eksportini 7 mlrd. AQSh dollariga yetkazishni nazarda tutuvchi “2019-2025 yillar davomida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish Konsepsiyasi” ishlab chiqiladi.

Shuningdek, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining yagona axborot portali yaratiladi.

Yangiliklar lentasi
0