TOShKENT, 18 apr - Sputnik. Rossiya Ukrainaning yangi sanksiyalariga javob qaytardi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
“Biz o‘z manfaatlarimizni himoya qilishga majburmiz. Men hukumatning tegishli qarorini imzoladim”, - deya ma’lum qilgan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev.
2019 yilning 1-iyunidan boshlab Rossiya Ukrainaga ko‘mir, neft va neft mahsulotlarini faqat alohida ijozatnoma asosida yetkazib beradi.
Shuningdek, Rossiya Ukrainaning mashinasozlik, yengil sanoat va metallga ishlov berish mahsulotlariga taqiq qo‘ygan.
O‘tgan hafta Ukraina hukumati Rossiyaga qarshi sanksiyalarini kengaytirgan edi.