Ukraina prezidenti saylovlarining ikkinchi turi o‘tkaziladi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishPrezident Ukraini Petr Poroshenko
Prezident Ukraini Petr Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eng so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Ukraina Markaziy saylov qo‘mitasi 65 foizdan ortiq bulletenlarni hisoblab chiqishga ulgurgan.

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Ukraina prezidenti saylovlarining ikkinchi turi o‘tkaziladi. Bu haqda RIA Novosti Ukraina Markaziy saylov qo‘mitasi raisi Tatyana Slipachuk so‘zlariga asoslanib xabar qilmoqda.

Prezidentskie vibori na Ukraine - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina prezidenti saylovida aktor Zelenskiy yetakchilik qilmoqda

Eng so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Ukraina Markaziy saylov qo‘mitasi 65 foizdan ortiq bulletenlarni hisoblab chiqqan va unga ko‘ra, Ukraina prezidenti saylovlarining birinchi tur yakunlariga ko‘ra 30,41 foiz natija bilan aktor va shoumen Vladimir Zelenskiy yetakchilik qilmoqda. Ukrainaning amaldagi prezidenti Petr Poroshenkoni fuqarolarning 16,29 foizi qo‘llab-quvvatlagan. “Batkivshina" partiyasi rahbari Yuliya Timoshenko 13,10 foiz ovoz bilan uchinchi o‘rinda.

Ukraina prezident saylovida jami 63,52 foiz saylovchilar ishtirok etdi.

Ukraina qonunchililiga ko‘ra, prezident saylovida g‘olib chiqish uchun 50 foizdan ko‘p ovoz to‘plash kerak. Saylov natijalariga ko‘ra Zelenskiy va Poroshenko saylovning ikkinchi turiga o‘tishadi. Ikkinchi tur esa 21-aprelda bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0