TOShKENT, 17 apr – Sputnik. O‘zbekistonda 2019-yilning 3 oyi ichida 90 ta qotillik jinoyatlari sodir etilgan.
Bu raqamlar prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat boshqarmasi tomonidan prokuratura organlari tomonidan 2019-yilning dastlabki 3 oyida tergov qilingan jinoyat ishlari tahlil qilingan hisobotda keltirib o‘tilgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, sodir etilgan qotillik jinoyatlarining hozircha faqat 1 tasi fosh etilmasdan qolmoqda.
Shuningdek, tahlil etilayotgan davrda prokuratura organlari tomonidan 3 212 (3 264) ta jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari o‘tkazilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 190 taga yoki 1,5 foizga kamaygan. Shundan 1 756 (1 819) nafar shaxsga nisbatan 1 129 (1 183) ta jinoyat ishi sudga yuborilib, o‘tgan yilga qaraganda 54 taga yoki 4,5 foizga kamaygan.
Samarqandda mastlik holatida kelib chiqqan o‘zaro janjal qotillik bilan yakundi
Ma’lum bo‘lishicha, 2019-yilning dastlabki 3 oyida 399 (263) ta jinoyat ishining tergovi, shu jumladan, 210 (143) tasi JPKning 83-moddasiga, 189 (120) tasi 84-moddasiga asosan tugatilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich tergov qilingan jami jinoyat ishlarining 16,1 (9,7) foizini tashkil etadi.