TOShKENT, 3 apr – Sputnik. Toshkentda oshxonasidan jasadi topilgan ayolning qotili ushlandi.
O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, joriy yilning 30-mart kuni Toshkent shahrining M.Ulug‘bek tumanida yashagan 67 yoshli ayolning jasadi uyi oshxonasidan bo‘yin qismida sanchilib-kesilgan jarohati bilan topilgan va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
“Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chilonzor tumani 19-dahada yashovchi A.A. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, ushlangan”, - deyiladi xabarda.
Hozirda mazkur jinoiy ish yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.