London Toshkentning Afg‘oniston bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishLOndon
LOndon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda O‘zbekiston-Britaniya munosabatlarini yanada rivojlantirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

TOShKENT, 16 apr - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alan Dunkanni qabul qildi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s predstavitelyami delovix krugov Germanii - Sputnik O‘zbekiston
Lyuksemburg Buyuk gersogi Mirziyoyevning tashqi siyosatini qo‘llab-quvvatladi

Ta’kidlanishicha, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar faollashayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. 2018-yili o‘zaro savdo oldingi yilga nisbatan 37%ga o‘sib, 235,9 million AQSh dollarini tashkil etdi, Buyuk Britaniya O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiya hajmi bo‘yicha 5-o‘rinni egalladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Britaniya munosabatlarini yanada rivojlantirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi va 2019-yilda o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov vstretilsya so spespredstavitelem gossekretarya SShA po afganskomu primireniyu Zalmayem Xalilzadom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va AQSh Afg‘oniston prezidentining tinchlik dasturini qo‘llab-quvvatladi

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashish chog‘ida Afg‘oniston muammosiga alohida e’tibor qaratildi.

“Britaniya tomoni afg‘onlararo tinchlik muloqotiga ko‘maklashish va Afg‘onistonda yirik infratuzilma va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish borasidagi O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi”, - deyiladi xabarda.

Uchrashuvda ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, shu jumladan, O‘zbekiston ta’lim muassasalari amaliyotida tegishli standartlar va tajribani qo‘llash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Yangiliklar lentasi
0