Lyuksemburg Buyuk gersogi Mirziyoyevning tashqi siyosatini qo‘llab-quvvatladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s predstavitelyami delovix krugov Germanii
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s predstavitelyami delovix krugov Germanii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lyuksemburg hukmdori Afg‘onistondagi tinchlik, xavfsizlik va rivojlanishni ta’minlashdagi O‘zbekistonning sa’y-harakatlari alohida e’tirof etdi.

TOShKENT, 1 fevr – Sputnik. Lyuksemburg Buyuk gersogi Anri Shavkat Mirziyoyevga faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, O‘zbekistonning ochiq tashqi siyosatini, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikning faollashganini ma’qulladi.

O‘zbekiston TIV xabar qilishicha, O‘zbekiston elchisi Dilor Hakimov (qarorgohi Brussel shahrida) Lyuksemburg Buyuk gersogi Anriga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Marosimdan so‘ng Lyuksemburg rahbari ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish uchun ulkan salohiyatning mavjudligini e’tirof etdi.

Shuningdek, Hakimov va Anri Lyuksemburg Tashqi ishlar vaziri Jan Asselbornning ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish hamda Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston aloqalarini, ayrim mintaqaviy va xalqaro mavzularni muhokama qilish maqsadida Toshkentga amalga oshiradigan tashrifining muhimligi qayd etishdi.

Yangiliklar lentasi
0