O‘zbekiston va AQSh Afg‘oniston prezidentining tinchlik dasturini qo‘llab-quvvatladi

© Press-slujba MID UzbekistanaMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov vstretilsya so spespredstavitelem gossekretarya SShA po afganskomu primireniyu Zalmayem Xalilzadom
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov vstretilsya so spespredstavitelem gossekretarya SShA po afganskomu primireniyu Zalmayem Xalilzadom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani yaqinda Jenevada “Afg‘oniston uchun tinchlik dasturi”ni taqdim qilgan edi.

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibining Afg‘onistondagi yarashish bo‘yicha Maxsus vakili Zalmay Xalilzod boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Prezident SShA Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Pokistondan Afg‘oniston va “Tolibon” masalasi bo‘yicha yordam so‘radi

O‘zbekiston – Amerika kun tartibining keng qamrovli masalalari hamda mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.
“Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil may oyida AQShga qilgan tashrifi va Prezident Donald Tramp bilan muzokaralari natijasida yangicha sur’at olgan ikki tomonlama munosabatlarning izchil rivojlanayotgani mamnuniyat bilan e’tirof etildi”, - deb qayd qiladi vazirlik matubot xizmati.

Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etishning istiqbollari muhokamasi chog‘ida muammoni harbiy yo‘l bilan yechib bo‘lmasligi yana bir bor tasdiqlandi.

“Hech bir afg‘on ushbu siyosiy jarayonidan chetda qolib ketmasligi kerak. Dunyo hamjamiyati butun afg‘on jamiyatining mamlakatdagi tinchlik va taraqqiyot yo‘lidagi umummilliy manfaatlar artofida jipslashishiga ko‘maklashishi kerak”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, uchrashuvda prezident Muhammad Ashraf G‘anining yaqinda Jenevada ilgari surgan “Afg‘onsiton uchun tinchlik dasturi” qo‘llab-quvvatlandi va Afg‘onistonda yirik infratuzilma loyihalarini ro‘yobga chiqarish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy obektlarni bunyod etishning amaliy jihatlari ham ko‘rib chiqildi.

Strani mira. Afganistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Britaniya Afg‘onistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor

AQShning Afg‘onistonda milliy yarashuv jarayoni bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad 2-20 dekabr kunlari bir necha davlatlarga tashrif buyurmoqda. O‘zbekistondan tashqari Pokiston, Afg‘oniston, Rossiya, O‘zbekiston, Turkmaniston, Belgiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Qatarga tashrif buyuradi.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistondagi tinchlik o‘rnatish masalasi O‘zbekiston tashqi siyosatining faol yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bunday bo‘lishiga qator ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jiddiy sabablar mavjud. Toshkentda oxirgi yil davomida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga bag‘ishlangan bir necha xalqaro anjumanlar bo‘lib o‘tdi. Ulardan eng muhimlaridan biri - noyabr oyida Afg‘oniston tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Afg‘oniston, Pokiston va O‘zbekiston ishtirokida uch tomonlama komissiyaning tuzilishi bo‘ldi. Xalqaro ekspertlar fikriga ko‘ra ushbu komissiya Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishda muhim rol o‘ynashi kerak.

Yangiliklar lentasi
0