"Uy o‘rniga, g‘avg‘o sotib olmang": Toshkent hokimligi yangi firib turi haqida ogohlantirdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishRabochie podgotavlivayut fundament na stroitelnoy ploshadke jilogo kompleksa
Rabochie podgotavlivayut fundament na stroitelnoy ploshadke jilogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘pqavatli yangi turar-joydan kvartira xarid qilayapman, deb o‘ylagan odamlar, aslida, yakka tartibdagi uy-joylarni barpo etish huquqiga ega tadbirkordan boshpana xarid qilgan edilar

TOShKENT, 13 apr - Sputnik. Aprel oyining boshida Toshkent shahar hokimligida quruvchi Muhammadbobur Xo‘jayev tomonidan qurilgan uylarning sifatiga   bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi. Unda OAVlari va ushbu uylarda istiqomat qiluvchi aholi ishtirok etdi.

Jaxongir Artikxodjayev, ispolnyayushiy obazannosti xokima goroda Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Artikxodjayev Yunusobod "raygaz" rahbarini majlis zalidan nega quvib yubordi?

Ikki soat davom etgan yig‘ilishda tadbirkorning uylarini sotib olgan aholi nafaqat yashash joylari haqidagi muammolarni bayon etgan, balki yordam so‘rab ham murojaat qilgan. Mutasaddilar aholining o‘nlab  savollariga javob berar ekan, bu uylar faqat sifatsizgina emas, balki yashash uchun yaroqsiz ekanligini ham ta’kidlab o‘tishgan.

Masalani haqqoniy hal etish yuzasidan sudga davo arizasi bilan murojaat etilgan bo‘lsada, hokimiyat vakillari aholiga boshqacha yordam ko‘rsata olmasliklarini aytishmoqda. Hujjatlarga ko‘ra, tadbirkor Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Avayxon ko‘chasida yakka tartibdagi turar joylarni qurishi lozim edi. Ammo noma’lum sabablarga ko‘ra, ushbu uylar ko‘p qavatliga aylanib ketgan. Bu bilan tadbirkor boshqa tumanlarda qo‘llagan xiylasini davom ettirgan: aholida zamonaviy sharoit va barcha qulayliklarga ega, eng muhimi arzon narxdagi uy-joyga ega bo‘lish istagi kuchli bo‘lgani bois tadbirkorning uylariga  xaridor bo‘lishgan, faqat ko‘chib o‘tgandan so‘ng bu uylar yashashga yaroqsiz ekanligini anglashgan. Garchi ular foydalanishning dastlabki vaqtida shartnomani buzish huquqiga ega bo‘lsalarda, huquqiy savodxonliklari yetarli darajada bo‘lmagani bois, hech qanday chora ko‘rishmagan va hech kimga murojaat qilishmagan.

Dostupnoe jilye v v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
"Arzon degan nomi bor, xolos": o‘zbekistonlik deputat Sergelidagi uylar narxi borasida

Toshkent hokimligi ta’kidiga ko‘ra, tadbirkor ko‘p qavatli uyni qurish uchun Qurilish vazirligining qurilishga mas’ul qo‘mitasi, davlat sanitariya nazorati va yong‘in xavfsizligi xizmatlari, hududiy me’moriy-shaharsozlik Kengashiga o‘z loyihalarini taqdim etib, ular ma’qullaganidan so‘nggina qurilishni boshlashi lozim edi. Ammo u bu tashkilotlarning hech biri bilan kelishmagan holda o‘zbilarmonlarcha loyihasini amalga oshirishga kirishgan. Xuddi shuningdek, quruvchi o‘z uylarini foydalanishga topshirayotganida ham mas’ul tashkilotlarning birortasidan qabul qilish uchun tegishli tartibda ruxsat olmagan. Aslida hamma muammoning sababi ana shunda.

E’tiborli jihati, tadbirkor Muhammadbobur Xo‘jayev shu paytgacha  investor va qurilish tashabbuskor sifatida aslida yakka tartibdagi turar joylarni barpo qilgan bo‘lsa-da, ularning barchasini ko‘p qavatli uy sifatida sotuvga qo‘ygan. Bundagi yana bir ahamiyatli jihat, aholi uylarining barcha kommunal to‘lovlarini to‘lash qatori, xonadonlari yakka tartibdagi turar joy ro‘yxatga olingani bois yer solig‘ini ham to‘lashadi, garchi ko‘p qavatli uyda yer solig‘i to‘lanmasa ham.

Bugungacha ushbu tadbirkor tomonidan shaharning faqat Mirzo Ulug‘bek tumanida 700 dan ortiq yakka tartibda qurilgan uy ko‘p qavatli turar joy sifatida aholiga topshirilgan. Tahlillarning ko‘rsatishicha, quruvchi uylari mutasaddi birorta tashkilotlardan tegishli ruxsatlarni olmagan holda binolarning sifatini nazoratdan o‘tkazmasdan aholiga topshirgan. U qurilish meyorlarini qo‘pol tarzda buzganidan tashqari, sifatsiz qurilish mahsulotlaridan foydalanganligini tasdiqlovchi manbalar ham ko‘p. Aholini esa bu turar joylarning arzonligi jalb qilgan xolos, ammo shunday vaziyatda odamlar tekinga mushuk oftobga chiqmasligini, bepul pishloq faqat qopqonda bo‘lishini unutmasalar bo‘lgani.

Mazkur tanqidiy shu bilan birga ko‘pchilik ahamiyatiga molik masala yechimi uchun yagona yo‘l, uni qonuniy talablari asosida ko‘rib chiqish va hal qilishdir. Tadbirkor yerni yakka tartibda uylar qurish loyihasi asosida olgani bois qurilish jarayoni va unda qanday materiallardan  foydalanilayotganini hokimiyat nazorat qilmagan. Qolaversa, tadbirkor faoliyatiga ortiqcha aralashuv ham maqsadga muvofiq emas.

Snos vetxogo jilya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Axborot urushi: Toshkent hokimligi uy-quruvchilar "hujumi"ga javob berdi

Tadbirkor uy-joylar qurilishi borasida tom ma’noda ishbilarmon ekanligini, bir necha jihatlar, xususan yakka tartibdagi uylar o‘rniga qo‘p qavatlilarini bunyod etish, qurilish mahsulotlarining sifati pastini qo‘llash, ularni iqtisod qilib qolishda namoyon etgan. Muhammadbobur Xo‘jayevning uylari boshqa qurilishlardan avvalo poydevorsiz ekanligi bilan ajralib tursa, ikkinchi jihatdan, xonalar oralig‘i ana’anaviy devorlar bilan emas, balki gipskartonlar bilan bo‘lingan. Arzimagan yer silkinishini ham uy ahli fojiadek qabul qiladi. Suv ta’minotiyu oqava suvlar masalasida ham muammolar yetarli. Yog‘ingarchilik mavsumida uylar nihoyatda zah bo‘lsa, bahor kelganda birinchi qavatlardan o‘t o‘sib chiqishi holatlari kuzatilgan.

Aholi esa xususiy mulk egasi sifatida hamma muammolarni o‘zi xal qilib kelmoqda.

Shunday qilib, Xo‘jayev bilan yuzaga kelgan to‘qnashuv umumiy muammoga aylangan. Toshkent hokimligi bundan buyog‘iga yakka tartibda uy qurish uchun ruxsat olib, o‘sha joylarda ko‘p qavatli uylarni bunyod etayotgan va sotayotgan shunday tadbirkorlikka chek qo‘yish muhimligini ta’kidlamoqda. Aks holda boshqalar ham Muhammadbobur Xo‘jayevdan uy xarid qilib dog‘da qolganlar safiga qo‘shilishlari mumkin, deb ta’kidlangan xabarda.

Hozir bu masalaning yechimi yuzasidan qonuniy choralar ko‘rishga arizalar taqdim etilishi qatori sohaga taalluqli qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ham takliflar berilgan. Bu esa avaalo mug‘ombir tadbirkor faoliyatini tartibga soladi, undan aziyat chekkanlarga yordam bo‘ladi. Ushbu holatni boshqalar ibrat sifatida qabul qilib, shunday masalalarda e’tiborli bo‘lsalar, tadbirkorlik niqobi ostidagi firibgarlarning tuzog‘iga ilinishmaydi.

Yangiliklar lentasi
0