Artikxodjayev Yunusobod "raygaz" rahbarini majlis zalidan nega quvib yubordi?

© Ramiz BaxtiyarovJaxongir Artikxodjayev, ispolnyayushiy obazannosti xokima goroda Tashkenta
Jaxongir Artikxodjayev, ispolnyayushiy obazannosti xokima goroda Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chilonzor va Yunusobod tumanlarida is gazining sizib chiqishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi. Baxtsiz hodisalar arzon boshpana qurish bilan shug‘ullanadigan tadbirkor tomonidan qurilgan yangi uylarda yuz bergan

TOShKENT, 3 noya - Sputnik. O‘zbekiston poytaxtidagi "Xalqlar do‘stligi" saroyida o‘tkazilgan fuqarolar hayoti xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan katta yig‘ilishda Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxodjayev Yunusobod tumani gaz ta’minoti korxonasi rahbarini ishdan oldi va majlis zalidan quvib yubordi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaToshkent shahrida fuqarolar hayoti xavfsizligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Artikxodjayev Yunusobod raygaz rahbarini majlis zalidan nega quvib yubordi? - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahrida fuqarolar hayoti xavfsizligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Yunusobod "raygaz" rahbarining ishdan olinishi 1-noyabr kuni Yunusobod tumanida yuz bergan hodisa - uch kishining gaz isidan zaharlanishi va vafot etishi bilan bog‘liq. Ma’lum bo‘lishicha, uch nafar fuqaro Toshkentda ishlayotgan yollanma ishchilar bo‘lgan va ular tabiiy gazdan isinish maqsadida foydalanishgan.

Artikxodjayev yig‘ilish davomida O‘zbekiston poytaxtida so‘ngi vaqtlarda yuz bergan qator ko‘ngilsiz hodisalar: ovqatdan va is gazidan zaharlanish holatlari birinchi darajadagi rahbarlarni ham qattiq o‘ylantirayotgani va ular bu masalalarga aniq javob va choralar ko‘rilishi talabini qo‘yishganini ma’lum qildi.

Mashina skoroy pomoshi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Chilonzorda bir oilaning 4 farzandi vafot etdi

Toshkent shahar gaz ta’minoti rahbari o‘z hisobotida Yunusoboddagi yollanma ishchilarning o‘limiga tabiiy gazdan o‘zboshimchalik bilan foydalanganlik sabab bo‘lganini aytib o‘tilgan bo‘lsada, Toshkent hokimi Jahongir Artikxodjayev yangi qurilgan uylardagi (Yunusobod va Chilonzordagi hodisalar yangi qurilgan uylarda yuz bergan) isitish qozonining gaz chiqib ketadigan qismiga plastmassa (kanalizatsiyaga o‘rnatiladigan) truba o‘rnatilgan degan faktga e’tibor qaratdi.

Gaz ta’minoti xodimlari bunday holat xavfli ekanligi va fuqarolarning o‘limiga sabab bo‘lishini tasdiqladilar. Yunusobodda arzon uy-joy qurish bilan shug‘ullanadigan tadbirkor tomonidan qurilgan barcha turar-joylarda huddi shunday holat qayd etilgani aytib o‘tildi. 

Artikxodjayev shundan so‘ng, uy qurishga ruxsat beradigan korxonalar rahbarlarini "qurilishda o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘yadigan, yong‘in va gaz, arxitektura va boshqa talab etiladigan normalarga amal qilinmagan uylarning barchasi buzilishi" haqida ogohlantirdi va bunday uylarga "SOS-uylar", deb baho berilishini qo‘shimcha qildi.

Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona viloyatida er-xotin gazdan zaharlanib vafot etdi

Toshkent hokimi yig‘ilishda ishtirok etayotgan Toshkent tumanlari hokimlarini jiddiy ogohlantirdi. Gaz o‘rnatish loyihasiga ruxsat bergan Yunusobod gaz ta’minoti korxonasi rahbariga majlisning o‘zidayoq u ishdan bo‘shatilgani aytildi va hokim iltimosiga binoan u yig‘ilish zalini tark etdi. Ishdan bo‘shatilgan rahbar bundan buyog‘iga gaz sohasiga yaqinlashtirilmasligi ma’lum qilindi.

Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududlarida tabiiy gazdan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida oxirgi 2-yilda favqulodda hodisalar sodir bo‘lishi darajasi ortgan. Ikki yillik tahlillarga ko‘ra, is gazi bilan zaharlanish va gazdan chaqnash bilan bog‘liq 21 ta favqulodda vaziyatlar qayd etilgan, buning oqibatida 20 nafar fuqaro jabrlangan, 48 nafari vafot etgan, shulardan 18tasini yosh bolalar tashkil etgan.

Yangiliklar lentasi
0