"Arzon degan nomi bor, xolos": o‘zbekistonlik deputat Sergelidagi uylar narxi borasida

© Shaxar Kurilish investDostupnoe jilye v v Sergeliyskom rayone Tashkenta
Dostupnoe jilye v v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Deputatga ko‘ra, mas’ullar yuborilgan deputatlik so‘roviga "aravani rosa sudrash"dan nariga o‘tishmagan va 2019-yilda narx oshmaydi, maxsus loyiha ishlab chiqdik, degan va’dalar bergan bo‘lgan. Biroq bu va’dalar amalga oshmagan

TOShKENT, 13 apr - Sputnik. Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev o‘zining Telegramm sahifasida shu kunlarda OAVlarda keng muhokama qilinayotgan mavzu: Sergeli tumanida qurilayotgan arzon uy-joylar narxlari keskin oshirilgani yuzasidan munosabat bildirdi.

Dostupnoe jilye v v Sergeliyskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zshahar qurilish invest Sergelidagi uylar narxi nega oshganiga izoh berdi

"O‘tgan yilning yozida Sergelida qurilayotgan uy-joylarning narxi keskin oshib ketganligi yuzasidan dastlab Toshkent shahar hokimi va "O‘zshaharqurilishinvest" IK, keyinchalik Qurilish vazirligi, "O‘zqurilishmateriallari" AK va boshqa mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovi bilan chiqib, ularni ushbu masalaga ochiq ko‘z bilan, bir oyda 1 yoki 1,5 million daromad qiladigan uyga muhtoj oilaning qarichi bilan qarab, xulosa chiqarishlarini so‘rovdim. 

Afsus shahar hokimi jamoasi o‘shandayoq bu masalaga ko‘z yumib qo‘ya qoldi: bir oy urinib, axiyri sarson so‘rovni "O‘zshaharqurilishinvest" IKga yo‘naltirishgan xolos.

Qolganlari ham uzoq tushuntirishib, oddiy aytganda "aravani rosa sudrash"dan nariga o‘tishmadi. Biroq 2019-yilda narx oshmaydi, maxsus loyiha ishlab chiqdik, degan va’dalar bor edi...qani?

Rabochaya poyezdka vitse-premyera D. Rogozina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Sergelida qurilayotgan uylarning narxini tushirish bo‘yicha topshiriq berildi

Xullas o‘sha vaqtda qo‘yilgan savolimga hozirgacha javob ola olmayapman: baraka topgur quruvchi, direktor, rais, hokim va ko‘plab mas’ullar yana so‘rayapman: Sizlarning uyga muhtojlar uchun “arzon uy-joy”, degan uylaringiz respublika bo‘ylab qurilayotgan ayrim tijorat uylaridan ham qimmatga aylanib ketayaptiku! Kamiga sifatsiz degan gaplar yuribdi. Buni qanday izohlaysizlar? Bu uylarni arzon deyish mumkinmi?",- deb fikr bildirgan Kusherbayev.

Deputat shuningdek, ajdodlardan meros qolgan "lafz" degan gap borligini, oxirigacha lafzdan qaytmaslik kerakligini, aks holda buning oxiri voy va sharmandalik" ekanini qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0