O‘zbekistonning qaysi vazirliklarida eng ko‘p moliyaviy qonunbuzilishlar aniqlandi

© SputnikKupuri nominalom patdesat tisach sumov
Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moliya vazirligi 2019-yil 1-choragida 70 mlrd so‘mlik noqonuniy xarajatlarni aniqladi.

TOShKENT, 12 apr – Sputnik. Moliya vazirligi tomonidan 2019-yil 1-choragida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijalari haqida ma’lumot e’lon qilindi. 

Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Moliya vazirligi budjet tashkilotlarda kamomad va noqonuniy xarajatlarni aniqladi

Ma’lumotda qayd etilishicha, 2019-yil 1-choragida 1 993 ta nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Nazorat tadbirlari natijasida jami 70,2 mlrd. so‘m miqdorida budjet intizomini buzilish holatlari va boshqa noqonuniy xarajatlar aniqlangan.

2019 yilning 1-choragida nazorat tadbirlari samaradorligi 2018-yil mos davriga nisbatan samaradorlik 2-martaga ortgan (2018 yil 1-chorakda 30 mlrd. so‘m bo‘lgan).

Nazorat tadbirlarining asosiy qismi (68,1%) budjet intizomiga rioya etilishi va mablag‘larning maqsadli foydalanishi yuzasidan o‘tkazilgan bo‘lib, nazorat tadbirlarida aniqlangan 23,4 mlrd so‘m budjet intizomini buzish, pul va tovar moddiy boyliklar kamomadi, maqsadsiz va asossiz xarajatlardan 19 mlrd. so‘mi (81,2%)ni (2018 yilda 67,4%ni tashkil etgan) budjetga tiklanishi ta’minlangan.

Jamshid Kuchkarov - Ministr finansov - Sputnik O‘zbekiston
Soliqchilarni politsiyaga o‘xshatardik: Moliya vaziri soliq tizimi haqida

Vazirlik va idoralar kesimida eng ko‘p miqdorda aniqlangan qonunbuzilish holatlari quyidagicha:

-  Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari miqdori 6,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, shundan 4,9 mlrd. so‘mi (78%) budjetga tiklandi;

-  Xalq ta’limi vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari miqdori 3,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, shundan 3 mlrd. so‘mi (80%) budjetga tiklandi;

-  Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari miqdori 1,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, shundan 1,4 mlrd so‘mi (89%) budjetga tiklandi;

-  Maktabgacha ta’limi vazirligi tizimida qonunbuzilish holatlari 1,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, shundan 1,2 mlrd. so‘mi (83%) budjetga tiklandi.

Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Moliya vazirligi Davlat budjetini keng ommaga tushunarli ko‘rinishda chop etdi

Yirik miqdorda moliyaviy xato va kamchiliklar Jizzax (5,3 mlrd. so‘m), Surxondaryo (2,5 mlrd. so‘m), Farg‘ona (2,1 mlrd. so‘m), Samarqand (2,1 mlrd. so‘m), Qashqadaryo (1,9 mlrd. so‘m), Andijon (1,5 mlrd. so‘m), Toshkent (1,3 mlrd. so‘m) viloyatlarida va Toshkent shahrida (2,6 mlrd. so‘m) aniqlangan. 

Budjet intizomini buzilishiga yo‘l qo‘ygan budjet tashkilotlarining 67 nafar mansabdor va mas’ul shaxslariga qonunchilikda belgilangan tartibda 47,8 mln. so‘mlik ma’muriy jarimalar qo‘llanildi. 

Bundan tashqari, Toshkent viloyati mahalliy budjetining tuzilishi va ijrosi yuzasidan keng qamrovli nazorat tadbiri o‘tkazilib, unda xarajatlar smetalarida ortiqcha rejalashtirish, asossiz ish haqi to‘lash, bajarilmagan ishlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, tovar-moddiy boyliklarni hisobotga kirim qilmaslik hamda kamomad va o‘zlashtirishlar kabi 6,6 mlrd. so‘mlik moliyaviy xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. 

Nazorat tadbiri davrida ko‘rilgan chora-tadbirlar va ko‘rsatilgan amaliy yordamlar natijasida asossiz sarflangan 4,5 mlrd. so‘m mablag‘larni budjetga tiklanishi ta’minlanib, 0,7 mlrd. so‘mlik asossiz xarajatlarning oldi olingan.

Moliya vazirligi kamomad va noqonuniy xarajatlarni aniqladi

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat tadbirlarida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va ma’lumotlar bazasi vositasida kameral nazoratdan keng foydalanilgan.

Kameral nazorat o‘tkazilgan muassasalardan 205 tasida meyoriy hujjatlarga amal qilmagan holda 8 mlrd.so‘mlik xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, nazorat tadbiri davomida asossiz va noo‘rin xarajatlardan 1,3 mlrd. so‘mini tiklanishi ta’minlandi va 2,7 mlrd. so‘m mablag‘larning asossiz sarflanishini oldi olindi hamda nazorat tadbirlarida aniqlangan 5,6 mlrd. so‘m qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 92 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.

Bundan tashqari, Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari va Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armalar mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan 405 ta nazorat tadbirlarida 25,5 mlrd. so‘mlik moliyaviy qonunbuzilish holatlari va asossiz xarajatlar aniqlangan bo‘lib, shundan 20 mlrd. so‘mni tiklanishi ta’minlandi.

Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
Moliya vazirligi eng kam ish haqlari qanchaga oshganini ma’lum qildi

Shuningdek, Hukumat tomonidan kafolatlangan kreditlarni maqsadli sarflanishi va Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini maqsadli ishlatilishi yuzasidan o‘tkazilgan 76 ta nazorat tadbirlarida 2,4 mlrd. so‘m miqdorda noqonuniy xarajatlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, shundan 664 mln. so‘mni tiklanishi ta’minlandi.

Hukumat va huquqni muhofaza qilish organlarining qarorlari va topshiriqlariga asosan 164 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy xo‘jalik faoliyati yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazilgan bo‘lib, aniqlangan 18,9 mlrd. so‘m miqdoridagi moliyaviy qonunbuzilish holatlari bo‘yicha nazorat tadbirlari hujjatlari qonuniy chora ko‘rish uchun prokuratura organlariga yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0