Moliya vazirligi eng kam ish haqlari qanchaga oshganini ma’lum qildi

© SputnikKoshelek s dengami
Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Misol uchun, budjet tashkilotlarida 1 stavkaga ishlovchi farroshning oylik ish haqi miqdori o‘tgan yilning 1-yanvar holatiga 577 ming so‘mni tashkil etdi, yoki 151 ming so‘mga oshdi.

TOShKENT, 30 yanv - Sputnik. 2019-yilning 1-yanvaridan boshlib eng kam ish haqi oluvchi xodimlarning ish haqlari o‘rtacha 10 foizga oshirildi, deb xabar bermoqda Moliya vazirligi matbuot-xizmati.

Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda eng kam ish haqi 500 mingdan oshiq etib belgilandi

Vazirlik xabariga ko‘ra, endilikda:

- 1-razradda ish haqi oluvchi xodimlar (farroshlar, qoravullar, ishchilar va boshqalar) ning ish haqlari 1,15 barobarga;

- 2-razradda ish haqi oluvchi xodimlar (engil avtomobil xaydovchilari, bog’bonlar, ish yurituvchilar va boshqalar) ning ish haqlari 1,1 barobarga;

- 3 razradda ish haqi oluvchi xodimlar (elektriklar, santexniklar, kassirlar, laborantlar va boshqalar) ning ish haqlari 1,05 barobarga oshirildi.

Shunday qilib, eng kam ish haqi miqdorlarining oshirilishi (2018 yil 15-iyuldan 7 %ga va 1-noyabrdan esa 10 %ga) va kam ish haqi olib 1 razradda ishlovchi xodimlarning ish haqlarini oshirilishi hisobiga eng kam ish haqi miqdori o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan 1,35 barobarga (1,07×1,1×1,15) oshirildi.

Misol uchun, budjet tashkilotlarida 1 stavkaga ishlovchi farroshning oylik ish haqi miqdori o‘tgan yilning 1-yanvar holatiga (ustama va qo‘shimcha to‘lovlarni hisobga olmagan holda) 426,5 ming so‘m (172 240 × 2,476) bo‘lgan bo‘lsa, 2019-yil 1-yanvaridan esa 577 ming so‘mni (202 730 × 2,847) tashkil etdi, yoki 151 ming so‘mga oshdi.

Ta’kidlash lozimki, eng kam ish xaqi miqdorining va yagona tarif setkasining quyi darajalari tarif koeffitsientlarining oshirilishi budjet soxasida faoliyat yuritayotgan 370 ming ishchining oylik ish xaqini va shu bilan birga iqtisodiyotning turli jabxalarida kam ish haqi olib ishlovchi ishchilarning ish haqlarini oshishiga olib keladi, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0