TOShKENT, 9 apr – Sputnik. O‘zbekiston havo yo‘llari Hindiston, Malayziya va Singapur yo‘nalishida parvozlar vaqti uzaytirilishiga izoh berdi.
2019 yilning 27-fevralida Pokiston havo hududining yopilishi munosabati bilan O‘zbekiston havo yo‘llari o‘zining Amritsar, Deli, Mumbai, Kuala-Lumpur, Singapur va Bangkokga amalga oshirilayotgan doimiy parvozlar yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.
Odatda Afg‘oniston, Pokiston va Hindiston havo hududi orqali uchib o‘tadigan parvozlar Turkmaniston, Eron va Oman ustidan aylanib uchishga majbur bo‘lmoqda. Bu parvozlar normal vaqtiga 2-3 soat vaqt qo‘shmoqda, - deyilgan xabarda.
Ayni damda Amritsar, Deli va Mumbai yo‘nalishidagi parvozlar Turkmaniston, Eron va Oman havo hududi orqali o‘tmoqda.
Kuala-Lumpur, Bangkok va Singapurga amalga oshirilayotgan parvozlar esa Laos, Xitoy va Qozog‘iston havo hududi orqali o‘tmoqda. Bu parvoz vaqtini 1,5-2 soatga uzaytirmoqda.
O‘zbekiston havo yo‘llari ushbu vaziyat tufayli yetkazilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘raydi va shunday holat odatiy jadval tiklangunicha saqlanib qolishini xabar qiladi.
Shu bilan birga MAK, yuqoridagi manzillardan parvozlarini davom ettirishni rejalashtirayotgan yo‘lovchilardan tutash parvozlar vaqtini oldindan muvofiqlashtirish kerakligini eslatib qo‘yadi.