G‘arbga yoki Sharqqa ketadi: Qozog‘istonning qo‘shnilar bilan munosabati qanday bo‘ladi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Kazaxstana K.-J. Tokayevim
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Kazaxstana K.-J. Tokayevim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi prezident davrida Qozog‘istonning qo‘shnilar bilan munosabatlari qanday bo‘lishi haqida Rossiya Moliya universiteti politologiya departamenti dotsenti Sputnik agentligiga o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Qozog‘istonning yangi prezidenti Kasim-Jomart Tokayev ilk xorijiy tashrifini Moskvaga amalga oshirdi.

Prilet prezidenta Kazaxstana  K.-J. Tokayeva - Sputnik O‘zbekiston
Birinchi rasmiy tashrif: Qozog‘iston prezidenti Moskvaga keldi

Vladimir Putin bilan o‘tkazilgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar qator kelishuvlarga erishildi. Ulardan harbiy-texnikaviy hamkorlik, qo‘shma sanoatlarni rivojlantirish, mintaqaviy barqarorlikni ta’minlash masalalari o‘rin oldi. Bundan tashqari, tomonlar Qozog‘istonda AES qurish istiqbollarini muhokama qildi.

Biroq sammitning asosiy maqsadi ikki davlat rahbarlarining qo‘shni davlatlar bilan o‘z munosabatlarini tashkil qilish masalasi bo‘ldi.

“Qozog‘iston yangi prezidenti jahonning eng nufuzli siyosatchilaridan biri bo‘lgan Vladimir Putin bilan o‘z munosabatlarini o‘rnatmoqda... Har doim iqtisodiyot, ta’lim, madaniyat va chegara hamkorligi bo‘yicha savollar bor. Muhimi bu tashrif – birinchi navbatda yangi prezident sifatida tanishuv”, - deb ta’kidladi qozog‘istonlik siyosatchi Doniyor Ashimbayev.  

450 ta g‘ishtdan iborat poydevor

Bundan tashqari, bu tanishuv Qozog‘iston prezidentining boshqa tashqi tashriflardan oldin amalga oshirildi – bu bilan Kasim-Jomart Tokayev suveren Rossiya Federatsiyasining Qozog‘iston uchun ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatdi.

“Rossiya biz uchun ishonchli strategik sherik va yaxshi qo‘shnidir, mashhur maqolga ko‘ra, qo‘shni har qanday qarindoshidan ko‘ra yaqinroq hisoblanadi. Mamlakatlarimiz orasida faol siyosiy muloqot, yaqin iqtisodiy aloqalar o‘rnatilgan, barcha sohalarda samarali hamkorlik rivojlanmoqda. Doimiy konstruktiv muloqot davomida hal etilmay qoladigan deyarli hech qanday masalalar yo‘q”, - deb ta’kidladi Tokayev.

Tabletki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga sotilgan insulin: Qozog‘iston IIV 28 ta jinoyat ishini qo‘zg‘atdi

Qozog‘iston prezidentining so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari sifatidagi faoliyati aynan o‘zi xos Qozog‘iston-Rossiya hamkorligining oltin davrida boshlanmoqda. Tokayev o‘zining vazifasi sifatida ikki davlat munosabatlarini hozirgi darajasida saqlab qolish va yanada rivojlantirish deb biladi.

Shu bilan, yangi prezident Nazarboyev ketgandan keyin Rossiya-Qozog‘iston munosabatlari istiqbollari shubha bilan qaraganlarga javob qaytardi.

Ayrimlar Qozog‘iston "G‘arbga qarab og‘adi" derdi va bu fikrni yosh qozoq elitasi o‘rtasida namoyon bo‘lgan "amerikaparastcha" kayfiyatlar bilan dalillar edi.

Boshqalar esa Qozog‘iston “Sharqqa ketadi”, ya’ni Xitoy tomon deyishdi, Qozog‘iston iqtisodiyoti Xitoy bilan bog‘liq deya jar solishdi.

Uchinchi tomondagilar esa, “hammasi alg‘ov-dalg‘ov bo‘ladi” – milliy elitalar hokimiyat uchun shundan kurash boshlashadiki, mamlakatda Rossiya bilan ittifoqchilik masalalari qiziq bo‘lmay qoladi.

Oxir-oqibat jo‘g‘rofiya va sog‘lom fikr g‘olib bo‘ldi – Qozog‘iston Rossiya qo‘shnisi hisoblanadi, yevroosiyo intergatsiya loyihalarida va ODKBda ishtirok etadi, shuning uchun Qozog‘iston Moskvani milliy xavfsizlik ta’minlash borasida muhim sherik va ittifoqchi davlat sifatida hisoblashni davom etadi.   

Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Tokayev Qozog‘iston tashqi siyosati o‘zgarmasligini ma’lum qildi

Vladimir Putin so‘zlariga ko‘ra, ikki tomonlama aloqalarning shartnomaviy-huquqiy bazasini 450 dan ortiq davlatlararo va huqumatlararo hujjatlar tashkil qiladi, “Kelajakka ishonch bilan qarashga, kelgusidagi harakatlarni rejalashtirishga, turli sohalarda hamkorlikni kengaytirishga yordam beradigan mustahkam poydevor hisoblanadi”.

Bezarar ittifoqdosh

Qozog‘iston, albatta, “Moskvadan ketishi” mumkin - agar Rossiya hukumati va siyosiy-akademik hamjamiyati Qozog‘iston tashqi siyosatining mohiyatini tushunmasa.

Axir, u ko‘p vektorli xususiyatlarga ega, Tokayev so‘zlariga ko‘ra (aslida, bu doktrinaning asosiy mualliflaridan biri) Rossiya bilan ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish boshqa davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga zid emas.

Obrashenie Nursultana Nazarbayeva k narodu Kazaxstana po sluchayu svoyey otstavki - Sputnik O‘zbekiston
Hokimiyatni birovga topshirish yoki Qozog‘iston taraqqiyot yo‘li qanday bo‘ladi

Qozog‘iston Rossiya uchun boshqa qo‘shni davlatlar yoki mintaqada o‘z manfaatlariga ega bo‘lgan tashqi kuchlar bilan munosabatlarni sovuqlashtirish zarur deb hisoblamaydi.

“Tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatlar nafaqat erishilgan yutuqlar bilan, balki yo‘l qo‘yilmagan narsalar ham baholash kerak. Qozog‘iston ziddiyatlarga yo‘l qo‘ymadi va hatto kimdir bilan konfraktatsiya bo‘lganda qo‘shnilar bilan “do‘stlik belbog‘i” bilan ta’minlaydi”, - Tokayev.

Bu Qozog‘iston rahbariyati tashqi maydonda Rossiyaning barcha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlamaydi degani – masalan, Qrimni tan olish.

Kasim-Jomart Tokayev albatta Yevropa ittifoqi rahbariyati bilan samimiy uchrashuvlarni o‘tkazadi.

Amerikaliklar bilan uchrashuvlar ham samimiy bo‘ladi – nafaqat investitsiya va texnologiyalar manbaalari, balki Afg‘onistonda hali ham ta’sirli kuch, undan Qozog‘iston va umuman butun mintaqaning xavfsizligi bog‘liq.  

Goroda mira. Astana - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: Ostonaning qayta nomlanishi Qozog‘iston obro‘sini tushirib yuboradi

Nihoyat, Tokayev xitoylik do‘stlari bilan albatta uchrashadi. Bu uchrashuv nafaqat iliq bo‘ladi balki juda samarali bo‘ladi. Axir Qozog‘istonning yangi prezidenti bir vaqtlar Xitoyda tahsil olgan va ishlagan. Pekin albatta jiddiy iqtisodiy aloqalar bilan yaxshi munosabatlarni mustahkamlashga harakat qiladi.

Biroq Moskva bu uchrshuvlarni Rossiya Federatsiyasi manfaatlariga ziyon sifatida ko‘rmaydi. Hattoki, Qozog‘istonning ayrim sheriklari bilan ziddiyatda bo‘lsa ham.

Moskva o‘zining eng muhim janubiy hamkorligini rivojlantirish va siyosiy barqarorlikni saqlab qolishdan manfaatdordir, chunki Qozog‘istonda kamroq muammolar bo‘lsa, Rossiya Federatsiyasining qo‘shni davlatga yaqin viloyatlarida vaziyat yanada barqaror bo‘ladi.

Prezident RF V. Putin na sammite ShOS v Kitae - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Qozog‘iston yangi prezidenti bilan telefonda suhbatlashdi

O‘z navbatida, Qozog‘iston rahbariyati Moskva bilan alohida munosabatlarni saqlab qolishdan manfaatdor, qozoq jamiyati unga katta hurmat bilan qaraydi.

Rossiya, g‘arb sheriklarga qaraganda, Qozog‘iston (YeII va ODKB bo‘yicha boshqa sheriklarining ham) suverenitetini hurmat qiladi va Qozog‘iston hukumatiga o‘z hayot tarzini va “hokimiyatni to‘g‘ri shakli”ni majburlamaydi.

Milliy manfaatlarni o‘zaro hurmat qilish – bu har qanday ikki tomonlama munosabatlarda oltin davrini saqlashning asosiy shartidir.

Yangiliklar lentasi
0