Ekspert: Ostonaning qayta nomlanishi Qozog‘iston obro‘sini tushirib yuboradi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Astana
Goroda mira. Astana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Osona ("poytaxt" ma’nosida) o‘z nomini 1998-yilda olgan. 1961-yilga qadar shahar Akmolinsk nomiga ega bo‘lgan, keyin Selinogadga almashtirilgan. 1998-yilgacha esa Akmola deb yuritilgan. Ostona nomini Qozog‘iston poytaxtiga aylantirilgach, olgan.

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Qozog‘iston poytaxtining Ostonadan Nursultonga aylantirilishi Qozog‘istonning chet eldagi obro‘yiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, deb hisoblaydi Oslo universiteti ijtimoiy-iqtisodiy geografiya professori Maykl Jentil. RIA Novosti xabari asosida.

Prezident RF V. Putin i kandidat na post premyer-ministra RF D. Medvedev prinyali uchastie v plenarnom zasedanii Gosdumi RF - Sputnik O‘zbekiston
Jirinovskiy Nazarboyevdan Qozog‘istondagi "qayta nomlash" jarayonini to‘xtatishni so‘radi

Qozog‘istonning yangi prezidenti Kasim-Jomart Tokayev ilgariroq respublika poytaxti Ostonani mamlakatning birinchi yetakchisi Nursulton Nazarboyev sharafiga Nursulton etib qayta nomlashni taklif etgan edi. Chorshanba kuni Qozog‘iston parlamenti deputatlari ikki o‘qishda konstitutsiyaga poytaxtni qayta nomlash to‘g‘risida tuzatishlarni qabul qilgan edi. Poytaxt nomi rasman Nursulton nomiga ega bo‘lishi uchun faqatgina prezident qarori kamlik qilmoqda.

"Nom o‘zgarishi Qozog‘istonning chet eldagi imiji va obro‘yiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Qozog‘iston marketingga katta mablag‘larni sarflagan, ammo bu (shahar nomi o‘zgarishi) mamlakatni imij ma’nosida oxirgi yillarda to‘plangan "ochko"lardan mahrum qiladi", - deb hisoblaydi tadqiqotchi. Jentilning aytishicha, Ostona shahri Qozog‘iston ramzi sifatida tashkil etilgan bo‘lgan.

Osona ("poytaxt" ma’nosidao‘z nomini 1998-yilda olgan. 1961-yilga qadar shahar Akmolinsk nomiga ega bo‘lgan, keyin Selinogadga almashtirilgan. 1998-yilgacha esa Akmola deb yuritilgan. Ostona nomini Qozog‘iston poytaxtiga aylantirilgach, olgan.

Yangiliklar lentasi
0