Mirziyoyev Qozog‘iston yangi prezidenti bilan telefonda suhbatlashdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin na sammite ShOS v Kitae
Prezident RF V. Putin na sammite ShOS v Kitae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

TOShKENT, 20 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Kasim-Jomart Tokayevni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishgani munosabati bilan samimiy tabriklab, davlat rahbari lavozimidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. 

Qardosh mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari izchil mustahkamlanayotgani, strategik sheriklik munosabatlari yangi bosqichda rivojlanib, ko‘p qirrali amaliy hamkorlik kengayib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Nursultan Nazarbayev i Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Nazarboyev bilan telefonlashdi

Qozog‘istonda O‘zbekiston yili deb e’lon qilingan o‘tgan yilda tovar ayirboshlashning rekord ko‘rsatkichlariga erishildi, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yangi kooperatsiya loyihalari amalga oshirildi, ikki mamlakat biznesi va hududlari darajasidagi muloqot, jumladan, madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashdi.

Muloqotda davlat rahbarlari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni keng miqyosda amalga oshirish muhim ekanini qayd etdilar.

Mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Muloqot so‘ngida davlat rahbarlari bahor ayyomi – Navro‘z munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro ishonch ruhidagi munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, qardosh mamlakatlar va xalqlar farovonligi, butun mintaqa tinchligi va ravnaqi yo‘lida keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish borasida intilishlari qat’iy ekanini tasdiqladilar.

Yangiliklar lentasi
0