O‘zbekiston va Tojikiston bosh vazirlari Termizda nimalarni muhokama qilishadi

Obuna bo‘lish
Termizda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda rahbarligida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. 2019-yilning 3-aprel kuni Termiz shahrida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda rahbarligida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Emomali Raxmon i Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Rahmon O‘zbekiston bilan do‘stona munosabatlarni 2018-yilning tarixiy voqeasi deb atadi

TIV xabarida aytilishicha, tadbirda ikki mamlakat Hukumati delegatsiyalari tomonidan Hukumatlararo komissiyaning 5-yig‘ilishi davomida erishilgan kelishuvlarning amaliy natijalari sarhisob qilinadi.

“Shuningdek, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, madaniy-gumanitar hamda qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi”, - deyiladi xabarda.

Bu katta yutuq: Rossiyalik ekspert O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlar rivoji haqida

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘shnilar bilan aloqalarni mustahkamlashga e’tibor qaratdi. Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovi tiklandi, temir yo‘l qatnovini tiklashga kelishib olindi. Tomonlar ikki mamlakatning madaniyat kunlarini o‘tkazdi, ko‘rgazma-yarmarkalar tashkil etilishi natijasida tojik va o‘zbek ishbilarmonlari bir necha million dollarlik shartnomalar imzoladi.

O‘zbek-tojik munosabatlari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston munosabatlari

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yilning 9-10 mart kunlari Dushanbega davlat tashrifi bilan kelishi muhim voqeaga aylandi. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida turli sohalar bo‘yicha 27 ta hujjat imzolandi.

2018 yilning avgust oyida esa Emomali Rahmon O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu Tojikiston rahbarining so‘nggi 17-yil davomida O‘zbekistonga birinchi davlat tashrifi bo‘ldi. Tashrif davomida tomonlar 130 million dollarlik bitimlar tuzishdi va Qo‘shma bayonot imzolashdi. Shuningdek, prezidentlar davlat chegarasidagi muammoli masalalarni hal qilishga kelishib olishdi.

O‘zbekiston va Tojikiston chegarani belgilashga doir huquqiy hujjat imzolashdi

Yangiliklar lentasi
0