Rahmon O‘zbekiston bilan do‘stona munosabatlarni 2018-yilning tarixiy voqeasi deb atadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovEmomali Raxmon i Shavkat Mirziyoyev
Emomali Raxmon i Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Emomali Rahmon so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan viza rejimi bekor qilinganidan keyin ikki mamlakatning 2,5 milliondan ortiq fuqarolari bir-birlarining hududiga tashrif buyurdi.

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon dekabr oyining oxirida mamlakat parlamentiga o‘zining an’anaviy yillik murojaati bilan chiqish qildi va O‘zbekiston bilan munosabatlarni yaxshilanganini 2018-yilda mamlakat erishgan eng katta yutuqlar sifatida qayd etdi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar berdi.

Emomali Raxmon i Shavkat Mirziyoyev vo vremya vstrechi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Raxmon tashrifining eng yorqin lahzalari

Emomali Rahmon bu voqeani tarixiy deb atadi. Strategik sheriklik to‘g‘risida shartnoma imzolanganini eslatib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan viza rejimi bekor qilinganidan keyin ikki mamlakatning 2,5 milliondan ortiq fuqarolari bir-birlarining hududiga tashrif buyurdi. Shu bilan birga Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda rivojlanib, savdo hajmi o‘sdi.

Shuningdek, davlat rahbari Tojikistonning suv resurslardan foydalanish tashabbusini BMT tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini, Rog‘un GESning birinchi agregatini tushirilishini yuqori baholadi.

Joriy yilning avgust oyida Emomali Rahmon O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu Tojikiston rahbarining so‘nggi 17-yil davomida O‘zbekistonga birinchi davlat tashrifi bo‘ldi. Tashrif davomida tomonlar 130 million dollarlik bitimlar tuzishdi va Qo‘shma bayonot imzolashdi. Shuningdek, prezidentlar davlat chegarasidagi muammoli masalalarni hal qilishga kelishib olishdi.

Yangiliklar lentasi
0