Oshayotgan maoshlar, taksi elektron litsenziyasi – 2019-yil 1-apreldan nimalar o‘zgaradi

© REUTERS / Mukhammadsharif MamatkulovUzbekskaya valyuta - sum
Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari lavozimlariga nomzodlar Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanadi.

TOShKENT, 1 apr – Sputnik. Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali 2019-yil 1-aprelda kuchga kiradigan o‘zgarishlar haqida eslatma berdi.

Tadbirkorlik sohasida:

- bir kunlik jo‘jalarni eksport qilishga ruxsat etiladi;

- tadbirkorlar faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va qonuniyligi ustidan nazorat qilish Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan amalga oshiriladi;

- Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarga oid qarorlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;

Kupura v 100 000 sumov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston so‘mining grafik belgisini joriy etish taklif etildi

- noruda foydali qazilmalar mavjud bo‘lgan yer qa’ri uchastkasidan geologik o‘rganish uchun foydalanish huquqini beruvchi litsenziya ariza kelib tushgan kundan boshlab 10 kundan oshmagan muddatda beriladi.

Shuningdek, tadbirkorlardan quyidagi hujjatlarni olish bo‘yicha talablar bekor qilinadi:

- eksport kontrakt ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma;

- mol so‘yishni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi;

- yer qa’ri uchastkasidan foydalanishda buzilgan yerlar qayta tiklanganligi haqida xulosa;

- voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma;

- qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qiladigan tadbirkorlik subyektlarining savdo obyektlari joylashuvi;

Uzbekskaya valyuta - sum  - Sputnik O‘zbekiston
O‘qituvchilarga maosh to‘lash tartibiga oid qaror loyihasi tayyorlandi

- yerlarning barcha toifalarida geologik-suratga olish, qidirish, geodeziya va boshqa turdagi qidiruv ishlarini olib borishga ruxsatnoma.

2019-2021 yillarda mahsulotining kamida 80 foizini eksport qiladigan tikuv-trikotaj korxonalarining kreditlarini to‘lash xarajatlari Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan quyidagi tartibda qoplanadi:

- milliy valyutada beriladigan kreditlar bo‘yicha belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida;

- xorijiy valyutada beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining 50 foizi miqdorida;

- nol stavkasini qo‘llagan holda vujudga kelgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar to‘liq taqdim etilgan kundan e’tiboran 7 ish kuni davomida soliq to‘lovchiga qaytariladi;

Kartofel - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2019-yilda qariyb 1,5 mln tonna kartoshka yetishtiriladi

- birja savdolari orqali paxta tolasini sotib olishda qat’iy talab qilinadigan bank kafolatlari bekor qilinadi;

- xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi tarkibi va ijroiya organi a’zolarini normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlash bekor qilinadi;

- avtomobilda yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati elektron shaklda litsenziyalanadi.

Turizm sohasida:

- ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari turistlarni avtotransportda kuzatib borish hamda madaniy meros obyektlarida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha pulli xizmat ko‘rsatish huquqiga ega;

Tashkentskiy xammer: v stolitse zamecheno novoe taksi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yangi taksi paydo bo‘ldi - foydalanuvchilar hayratda

- transportlarda xavfsiz turizmni ta’minlash transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi;

- turizm temir yo‘llarida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish kuzatuvchi profilaktika inspektorlari lavozimlarini joriy etish orqali poyezdlarning o‘zida amalga oshiriladi.

Davlat boshqaruvi va sud sohasida:

- Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari lavozimlariga nomzodlar Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanadi. Bunda nomzodlar o‘zlarining harakatlar rejalarini taqdim etishi lozim;

- barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular rahbarlari faoliyati baholab boriladi;

- Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislari tizimli asosda o‘tkaziladi;

Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tashqi qarzi muntazam o‘sib bormoqda – bu yaxshimi yoki yomon?

- Bosh vazir Hukumat a’zolari bilan birgalikda har chorakda Oliy Majlis palatalariga Davlat dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;

- sud hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga mediatsiya instituti joriy etiladi. Mediatsiya amalga oshirilayotgan paytda ijro ishi 15 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turiladi;

- yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida ijara shartnomalarini tasdiqlash uchun amaldagi davlat boji miqdori (405 460 so‘m) ikki marotaba kamaytiriladi.

Tibbiyot sohasida:

- davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq to‘lash miqdorlari 1,15 baravar oshiriladi;

Vaksinatsiya protiv gepatita  - Sputnik O‘zbekiston
Tibbiyot xodimlariga qarshi tajovuz uchun javobgarlik kuchaytirilishi mumkin

- Toshkent shahrida tez tibbiy yordam boshqarmasining yangi avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi (ushbu tizim 2019-yil 1-oktabrdan respublikaning qolgan hududlarida ham joriy etiladi).

Mazkur tizim quyidagi imkoniyatlarga ega:

- aholining chaqiruvlarini qabul qilish va ro‘yxatga olish, ustunlik tartibida xizmat ko‘rsatish lozim bo‘lgan chaqiruvlarni avtomatik belgilash;

- maxsus avtotransport harakatini boshqarish, shu jumladan GPS-navigatsiyadan foydalangan holda, keyinchalik bosqichma-bosqich raqamli radioaloqaga o‘tish orqali avtotransport harakatini monitoring qilish;

- tez tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan shaxslar joylashgan joyni telefon (mobil) aloqasi orqali avtomatik aniqlash;

Uzbekskie vrachi nachali provodit transplantatsiyu stvolovix kletok - Sputnik O‘zbekiston
Tibbiyot va davlat-xususiy sheriklik: prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi

- tez tibbiy yordam yordam brigadalarini mobil ilovalar yordamida, shu jumladan imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun chaqirish;

- foydalaniladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini hisobga olish;

- vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarni shoshilinch xizmatlarining axborot tizimlari bilan birlashtirish;

- fuqarolar tomonidan tez tibbiy yordam stansiyalari faoliyati samaradorligini baholash va ularning reytingini yuritish.

Yangiliklar lentasi
0