O‘zbekiston mehnat vazirligi Yoqutistondagi antimigrant aksiyalaridan xavotirda

© Sputnik / Bolot Bochkarev / Mediabankka o‘tishSilnie morozi v Yakutii
Silnie morozi v Yakutii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Holatga oydinlik kiritish uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimlari Saxa Respublikasidagi o‘zbek diasporasi vakili Toshpo‘lat Yodgorov bilan bog‘lanishdi.

TOShKENT, 20 mar - Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Saxa Respublikasidagi mehnat migrantlariga qarshi ko‘psonli mitinglar tufayli ushbu regiondagi o‘zbek diasporasi vakillari bilan bog‘lanishdi, deb xabar qilindi vazirlik Telegram-kanalida.

Zaderjannie migranti vo vremya reyda politsii - Sputnik O‘zbekiston
Yoqutiston ahli mehnat migrantlariga qarshi norozilik namoyishiga chiqmoqda

17 mart kuni mahalliy OAV ko‘ngillilardan olingan xabar asosida Yoqutistonning 36 yashar fuqarosi yo‘qolgani haqida e’lon tarqatgan edi. Volontorlarning so‘zlariga ko‘ra, ayol juda kech uyiga qaytayotgan bo‘lgan va uylarning birini oldida noma’lum shaxslar uni mashinaga o‘tqazib, olib ketishgan. Jabrdiyda qiziga qo‘ng‘iroq qilishga ulgurgan.

Tez orada OAVda bosh gumondor - Qirg‘iziston fuqarosi ekanligi haqida xabarlar tarqaldi. U va uning sheriklari taksistlik qilishlari aytilmoqda. Bu xabar Yoqutistonda jamoatchilik orasida katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi: bir necha yuz norozi fuqarolar shaharning bosh maydoniga mitingga chiqdilar. Ular migrantlar nomiga yoqimsiz lozunglarni qichqirishgan va hukumatni regionda noqonuniy migratsiyaga nuqta qo‘yishga chaqirganlar.

O‘zbekiston mehnat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Saxa Respublikasida 11 250 nafar O‘zbekiston fuqarolari mehnat faoliyatini olib borishadi. Vazirlik xodimlari Yoqutistondagi o‘zbek diasporasi vakili Toshpo‘lat Yodgorov bilan bog‘lanishdi. Yodgorov holat xavfli emasligini, o‘zbekistonliklar hayoti va sog‘lig‘iga hech narsa tahdid qilmayotganini aytgan. Ammo bunga qaramay, diaspora vakili ehtiyotkorlikni yo‘qotmaslikka va ehtiyoj bo‘lmasa, odamlar ko‘p yig‘iladigan joylarga bormaslikka chaqirgan.

Saxa (Yoqutiston) Respublikasi rahbari Yegor Borisov - Sputnik O‘zbekiston
Yoqutiston rahbari migrantlarni ishga olmaslikka chaqirdi

Yoqutistondagi vaziyat Rossiya Federatsiyasidagi Bandlik va mehnat munosabatlari qoshidagi tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili Saidnumon Mansurovning diqqat markazida turibdi.

Uning xabariga ko‘ra, Saxa Respublikasidagi holat stabillashgan.

Mehnat vazirligi chet elda mehnat huquqlari va erkinliklari buzilishi holatlariga duch kelgan, hujjatsiz yoki qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga vatanga qaytishida hamda ko‘mak keyinchalik bu fuqarolarga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlarni olish bo‘yicha shart-sharoit yaratib berishga tayyor.

Yangiliklar lentasi
0