Yoqutiston rahbari migrantlarni ishga olmaslikka chaqirdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSaxa (Yoqutiston) Respublikasi rahbari Yegor Borisov
Saxa (Yoqutiston) Respublikasi rahbari Yegor Borisov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yoqutiston hukumati tez orada chet el fuqarolarini ishga qabul qilishni cheklovchi normativ-huquqiy hujjatlarni joriy qilmoqchi

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Yoqutiston rahbari Yegor Borisov mahalliy korxonalar rahbarlariga zarurat yo‘q ekan, migrantlarni ishga qabul qilmaslikni tavsiya qildi. Bu haqda Borisovning shaxsiy saytida xabar qilingan.

"O‘z hamurtlarimga, xo‘jaliy subyektlari rahbarlariga murojaat qilyapman, shunga zarurat yo‘q ekan, arzon ishchi kuchi ketidan quvib, chet elliklarni ishga taklif qilmang", — degan u.

Punkt obmena valyut - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 50% ga ortdi
Borisovga ko‘ra, ish beruvchilar ko‘pdan-ko‘p hollarda migrantlar bilan mehnat sharnomasini imzolamaydilar, bu esa mintaqada "iqtisodiy, demografik va yuridik ma’nodagi muammolar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda".

Yoqutiston hukumati tez orada chet el fuqarolarini ishga qabul qilishni ta’qiqlovchi normativ-huquqiy hujjatlarni joriy qilishni rejalashtirgan.  "Migrantlar — bizning xalqlarimiz tili, madaniyati va an’analarini bilmaydilar, oqibatda esa tushunmovchiliklar, amaldagi qonunchilik buzilishi holatlari yuzaga kelmoqda", — deb ta’kidlagan Yoqutiston rahbari.

Joriy yilning mart oyida Borisov Yoqutistondagi ta’lim, sog‘liqni saqlash, transport sohasidagi, savdo, ko‘chmas mulk operatsiyalari, baliqchilik va sabzavot yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga hatto patenti bo‘lsa ham, chet elliklarni ishga yollashni ta’qiqlovchi farmonga imzo chekkan edi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida aprel oyi boshlarida O‘zbekiston fuqarolarini tashkillashgan tartibda ishga qabul qilish haqidagi shartnoma imzolangan edi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev esa Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan shartnoma o‘zbekistonliklarni himoya qilishini ta’kidlagan holda, oxirgi vaqtlarda O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga katta e’tibor berilayotganini eslatib o‘tib, bir kun kelib mehnat migrantlari vatanga qaytishiga umid bildirgan edi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0