Uchinchi Reyx xazinalari xaritasi chop etildi

© © Sputnik/ Igor MixalevKlad zolotix monet
Klad zolotix monet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xazina saqlanayotgan joylarning biri sifatida hovuz tagi aytilgan bo‘lsa, yana bir qismi - Polsha saroylarining birida joylashgan maxfiy xonada bekitilgani, uchinchi qismi - parkdagi chuqur quduq ichida yashirilgani aytilmoqda.

TOShKENT, 9 mar – Sputnik. Germaniyada Uchinchi Reyx ofitseri Egon Ollenxauerning shaxsiy kundaligi nashr qilindi. Unda Polshadan chekinish vaqtida natsistlar tomonidan yashirilgan oltin tangalar, san’at asarlari va boshqa qimmatbaho boyliklar joylari haqida ma’lumot berilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Klad zolotix monet - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura Toshkentda topilgan xazina bo‘yicha ma’lumot berdi

Kundalikka ko‘ra, Adolf Gitler xazinaga to‘la 260 ta yuk mashinasini, sovet qo‘shinlari ularni topib olmasliklari uchun, Polsha hududining 11 ta joyida bekitishga buyruq bergan.

Bundan tashqari, kundalik muallifining o‘zi Ollenxauer ushbu operatsiyaning asosiy figurasi bo‘lib, u natsistlar va Sovet Ittifoqidan o‘z boyliklarini olib qolishga harakat qilgan mahalliy zodagonlar o‘rtasida ham vositachi rolini bajargan.

Kundalikda yozilishicha, xilvatgohlarning birida 28 tonna oltin saqlanmoqda, ba’zi maxfiy joylarda esa oltin tangalar, zargarlik buyumlari va boshqa boyliklar saqlanmoqda. Xususan, o‘sha hech kim bilmaydigan joylarning birida Fransiyada o‘g‘irlangan 47ta san’at asarlari bekitilgani qayd etilgan. Ular orasida Bottichelli, Rubens, Karavajo, Mone, Rafael va Rembrandt ishlari borligi aytilmoqda.

"Tangalar mingta edi, Abdujabbor" yoxud Gdlyan va Ivanov haqida yana bir hikoya >>>

Ushbu kundalikka hozir egalik qilayotgan Schlesische Brücke jamg‘armasi vakili Roman Furmanyakning so‘zlariga ko‘ra, nemis ofitserining yozuvlari o‘n yilliklar davomida Germaniyaning Kvedlinburg shahridagi masonlar jamiyatida saqlangan, va atigi bir necha yil oldin jamg‘armaga topshirilgan.

Vistuplenie Shavkata Mirziyoyeva vo vremya poslaniya Oliy Majlisu - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev yopiq eshiklar ortida saqlanayotgan noyob boyliklar haqida gapirdi

"Biz kundalik haqidagi ma’lumotlarni endi e’lon qilishimiz sababi shundaki, o‘sha voqealarga aloqasi bo‘lgan odamlar, ayniqsa "Vaffen SS" xodimlari umuman qolmasligini kutgan edik. Masonlar lojasi talabi edi bu", – deb so‘zlagan u Daily Mailga bergan intervyusida.

Furmanyak shuningdek, kundalikning haqiqiyligi beshta nemis ta’lim muassasalari, xususan, Georg-Avgust nomidagi Gettingen universiteti san’at tarixi fakulteti tomonidan tasdiqlanganini ma’lum qilgan.

Yumronqoziq Oltin O‘rda xazinasini topishda yordam berdi >>>

Furmanyakka ko‘ra, hozirda jamg‘arma maxfiy joylar saqlanib qolgan-qolmaganini bilish uchun kundalikda aytib o‘tilgan joylarda tadqiqot o‘tkazmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, xazina saqlanayotgan joylarning biri sifatida hovuz tagi aytilgan bo‘lsa, yana biri - Polsha saroylarining birida joylashgan maxfiy xona ekanligi ko‘rsatilgan, uchinchi qismi esa - parkdagi chuqur quduq ichida bekitilgan.

Yangiliklar lentasi
0