TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasi hozirgi kunda O‘zbekiston qo‘yozma fondlarida saqlanayotgan 100 mingdan ziyod qo‘lozma asarlar haqida gapirdi.
Prezident ular shu kunga qadar to‘liq o‘rganilmaganini qayd etdi.
O‘zbekiston rahbari Al-Buxoriy, Nasafiylar yetishib chiqqan yurtda adashganlar bo‘lishi mumkin emasligi, noyob meros egalari bo‘la turib, ularni jahon hamjamiyatiga yetkazish bo‘yicha yetarlicha ishlar qilinmaganligi haqida afsus bilan gapirdi.
Prezident, shuningdek, O‘zbekistonda bugungi kunda birorta ham yetuk teolog olim yo‘qligi masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
"Ma’rifiy bilimlar ota-bobolarimiz qoldirgan mo‘’tabar kitoblarda emasmi?", — dedi prezident va "Shunday bilimlarga ega xalq sifatida yurtimizda aqidaparastlarning chiqishi yarashmaydi", — deya qo‘shimcha qildi.