Blokcheyn O‘zbekistonda kadastr va ko‘chmas mulk daxlsizligini ta’minlaydi

© UzABlokcheyn protiv korupsii
Blokcheyn protiv korupsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda blokcheyn texnologiyasi amalda qo‘llanilmoqda va u kadastr hisobi va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish sohasidagi faoliyatning oshkoraligini ta’minlamoqda”,

TOShKENT, 17 fev – Sputnik. O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligida “Blokcheyn ­- korrupsiyaga qarshi innovatsion tizim” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

Vistavka predmetov iskusstva Uzbekistana v moskovskom muzee dekorativno-prikladnogo iskusstva - Sputnik O‘zbekiston
Muzey chiptalarini sotishda blokcheyn texnologiyasidan foydalaniladi

Suhbat davomida O‘zbekistonda davlat xizmatlari sohasida blokcheyn texnologiyasini qo‘llash  yordamida  korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, BMT Taraqqiyot dasturining “Davlat boshqaruvini samarali rivojlantirish va raqamli transformatsiyaga ko‘maklashish” loyihasining milliy konsultanti Bunyod Hoshimxo‘jayev, O‘zbekistonda  2018 yilning may oyidan beri bu sohada amalga oshirilgan qator ishlar qilingani haqida so‘zladi.

Xoshimxo‘jayev aytishiga ko‘ra, maktab attestatlarini qalbakilashtirish, davlat kadastr idoralarida tovlamachilikka yo‘l qo‘ymaslik hamda ko‘chmas mulk egalarining hisob yozuvlariga noqonuniy o‘zgartirishlar kiritishlariga imkon qoldirmaslik maqsadida – 2018-yilning may oyidan boshlab, tajriba tariqasida, blokcheyn texnologiyasini qo‘llash amaliyoti joriy etilgan. 

“Bugungi kunda blokcheyn texnologiyasi amalda qo‘llanilmoqda va u kadastr hisobi va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish sohasidagi faoliyatning oshkoraligini ta’minlamoqda”, - deyilgan xabarda.

O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi kadastr hisobi va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimida blokcheyn texnologiyalarning afzalliklari va imkoniyatlarini o‘rganib chiqib unining afzalliklarini qayd etgan.

Kriptovalyuta bitkoyn - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda blokcheyn texnologiyalari joriy qilinadi

Shuningdek, suhbat davomida, davlat xizmatlarini takomillashtirish, davlat muassasalarining shaffofligi va hisobdorligini ta’minlash maqsadida - davlat xizmatlarining  boshqa sohalarida ham blokcheyn tizimini integratsiya qilishni davom ettirish lozimligiga e’tibor qaratildi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillar davomida O‘zbekistonda koorupsiyaga qarshi qator choralar ko‘rilmoqda. 2018-yili 1561 nafar turli toifadagi mansabdor shaxslar korrupsiyada ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0