O‘zbekistonda blokcheyn texnologiyalari joriy qilinadi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishKriptovalyuta bitkoyn
Kriptovalyuta bitkoyn - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish va foydalanish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi.

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" Telegram kanali.

Virtualnaya valyuta Bitkoin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Markaziy Osiyoning yangi kriptopoytaxti deb e’tirof etildi

Qarorga muvofiq:

— loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha vakolatli organ qilib belgilandi;

— kripto-aktivlar sohasida mayning, smart-kontraktlar, «blokcheyn» texnologiyalari joriy qilinadi;

— "blokcheyn" texnologiyalarini ishlab chiqish va foydalanish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi;

— jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi kripto-aktivlar aylanmasi va ulardan olingan daromadlar soliqqa solish obyektlari bo‘lib hisoblanmaydi.

Yangiliklar lentasi
0