Analitika

Oʻzbekistonlik oddiy askar Azimov Afgʻonistonning bitmas jarohati haqida

© Sputnik / V. Kiselev / Mediabankka oʻtishVыvod ogranichennogo kontingenta sovetskix voysk iz Afganistana
Vыvod ogranichennogo kontingenta sovetskix voysk iz Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
1989 yil 15 fevralda sovet qoʻshinlari Afgʻonistonni tark etgan

TOSHKENT, 14 fev - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Afgʻonistonga jalb qilingan oʻzbekistonliklar soni 65 ming nafarni tashkil etadi. Jangchilarning 1520 nafari halok boʻlgan, 2,5 mingga yaqini ogʻir tan jarohatlarini olganlar.

Predsedatel obʼyedineniya VETERAN Talʼat Muradov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Muradov: Oʻzbekiston Afgʻoniston uchun Angliya, AQSH va SSSR berolmagan narsani bergan

Afgʻonistonda xizmat qilgan va hatto, asir tushishiga oz qolgan oʻzbekistonlik Dilmurat Azimov oʻsha yillar haqidagi xotiralarini Sputnik muxbiriga gapirib berdi.

Urush boʻlmasa bu yerda bir kun ham qolmas edik - Qobuldagi oʻzbek oilasi

- Aytingchi, Afgʻonistonga qanday va qachon borib qolgansiz?

- Oʻshanda 1988 yil may oyida Samarqandda harbiy xizmatni oʻtayotgan edim. Harbiy chastda sportsmen gavdaga ega yigitlarni Afgʻonistonga xizmat qilishga chaqirishgan. Aytishlaricha, harbiy xizmatchilar orasida musulmonlar batalonini yigʻish kerak boʻlgan va bunga asosan turkman, tojik, oʻzbek yigitlarini jalb qilishgan. Bizning harbiy qismdan 10 kishi tanlab olingan, shular orasida men ham bor edim. Afgʻonistonda xizmat qilganlar orasida harbiy qismdan ham vakillar boʻlsa "bu bizning faxrimiz boʻladi", deyilgan. Oʻsha vaqtda Afgʻonistonda xizmat qilib kelishga ketgan va qaytganlar haqida koʻp eshitar edim. Nimaiki boʻlsa, peshonamdan koʻraman, deya qolishga harakat ham qilmaganman.

Biz oilada besh nafar farzand, otam vafot etgan edi. Onamlarga qoʻngʻiroq qilib "Onajon, men Afgʻonistonga ketayapman", deya aytganimda onam jim boʻlib qolganlar. Koʻz yosh toʻkayotganlarini his qilganman. "Menga ishonsangiz, bas. Opa-ukalarimni asrab-avaylang", deya olganman, xolos.

Ordena s brilliantami vruchili otlichivshimsya uzbekskim veteranam-internatsionalistam - Sputnik Oʻzbekiston
Brilliant va yoqut toshli ordenlar: Toshkentda afgʻon-jangchilari taqdirlandi

- Afgʻonistonga borganingizda, qanday vazifani bajargansiz?

- Avvaliga harbiy havo kuchlarini yoqilgʻi bilan taʼminlash ishlarini bajarar edim. U yerda chaqqon harakatlarimni koʻrib, meni Harbiy Havo kuchlarining yongʻin xavfsizligi komandasiga olishgan. Kechasi bilan naryadda turar edik, samolyotlar uchganida yoki qoʻnganida xavfsizligini taʼminlardik. 1988 yil oxiri edi. Kunlarning birida yonayotgan holatda kelib qoʻngan samolyotni oʻchirayotganimizda, kerosin baki portlagan va men jarohatlanganman. 1989 yil fevral oʻrtalarida baribir chiqamiz, degan fikrda meni uyga yuborishmagan, harbiy gospitalda davolanganman. 1989 yil boshida elektr stantsiyaga ishlashni boshladim. Oʻsha vaqtda elektr stantsiyani Afgʻonistonning demokratlariga topshirgan edik. Stantsiyaga rahbarlik qilayotgan afgʻonistonlik demokrat, meni "shu yerda qol, uylanasan, tinchlik boʻlganida uyingga ham borib kelishing mumkin", deb Afgʻonistonda qolishga undagan. Yoʻq, deganimdan soʻng bir guruh boʻlib, men bilan yana toʻrt harbiyga hamla qilib, bizni mashinaga ortishgan va qandaydir angarga olib borib, qamab qoʻyganlar. Eshikni tirqishidan baqirganman. Xusniddin ismli toshkentlik oʻrtogʻim tufayli biz omon qolib, harbiy qismga qaytishga muvaffaq boʻlganmiz.

- Vatanga qaytgach, hayotda oʻz oʻrningizni topish masalasi qanday kechdi?

Ruslan Aushev - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Ruslan Aushev Oʻzbekistonning yangi nafasi va Afgʻonistondagi urush haqida - eksklyuziv

- Armiyaga borgunga qadar yer oʻlchovchilik sohasida oʻqir edim. Afgʻonistonda xizmatdan qaytgach, biz (afgʻon dangchilari, tahr.) uchun istalgan oliygohlar eshiklari ochiq edi. Yuridika sohasini tanladim, ammo harbiy xizmat sogʻligʻimga oʻz taʼsirini koʻrsatgan ekan, kitob oʻqisam, yoki lektsiyalar davomida boshimda qattiq ogʻriq turar edi, shu bois oʻqishni tashlashga majbur boʻlganman. Keyin oshpazlik bilan shugʻullandim.

- Hayotingizni Afgʻoniston bilan bogʻlaganingizdan afsuslanmaysizmi?

- Hech qachon. Vatan xizmatida boʻlish har bir mardning muqaddas burchi, deb bilaman.

General Aushev Oʻzbekiston amaldorlaridan nimani soʻradi?

Garchi oʻzi bu haqda gapirishni xushlamasa-da, intervyu davomida bilib olganimiz: bugungi kunda Dilmurat Azimovga oʻpka kasalligi tashxisi qoʻyilgan. Afgʻon veterani oila boshligʻi sifatida hatto eng soʻnggi umidi - oshpazlik kasbi bilan shugʻullanishdan ham mahrum boʻlgan. Hozirgi kunda Azimov (yuqumli kasallik tashuvchisi sifatida) oʻz oilasidan ayro yashashga majbur. Baynalminal jangchi alohida boshpanasi yoʻqligi bois, hozirgi kunda vaqtinchalik qarindoshining uyida yashab turibdi. Mutasaddi tashkilotlarga 10 yildan beri qilayotgan murojaati esa javobsiz qolmoqda.

Yangiliklar lentasi
0