Muradov: O‘zbekiston Afg‘oniston uchun Angliya, AQSh va SSSR berolmagan narsani bergan

Obuna bo‘lish
Urush ketayotgan joyda qurilish ishlarini olib borgan temir yo‘lchilar mardonavorlik ko‘rsatishdi, deb qayd etdi VETERAN uyushmasiraisi Muradov.

O‘zbekiston tomonidan Afg‘onistonda temiryo‘l qurilishi mamlakatga tinchlikni ta’minlash uchun imkoniyat yaratish bilan bir qatorda qator provinsiyalarda oddiy xalq hayotiga yengillik olib kirdi.

Lyudi smotrat spisok pavshix v VOV - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Afg‘onistonda halok bo‘lgan jangchilar nomlari abadiylashtiriladi

"Hayraton - Mozori-Sharif" temir yo‘lining qurilishi o‘zbekistonliklar uchun qanchaga tushgani haqida  Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan intervyuda VETERAN uyushmasi raisi Tal’at Muradov so‘zladi.

"Men minglab yurtdoshlarimiz, o‘z hayotlari xavf ostida bo‘lishlariga qaramay, qo‘rqmasdan Afg‘oniston va O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘z hissalarini qo‘shganlari bilan faxrlanaman. Ular qahramonlik ko‘rsatishdi. Ko‘priklar, daryo kechuv joylari, temir yo‘l qurdilar. Tog‘ yo‘li, yer osti tonellari, cho‘l bo‘ylab 70 kilometr temir yo‘lini qurish - oson emas", - deya ta’kidladi Tal’at Muradov.

Urush ketayotgan joyda qurilish ishlarini olib borgan temir yo‘lchilar mardonavorlik ko‘rsatishdi, deb qayd etdi Muradov.

Uning aytishicha temir yo‘l - bu "yangi hayot yangi infratuzilma", Afg‘oniston uchun "ulkan ish o‘rinlaridir".

"Biz qo‘nilarimizga tinch hayotda ko‘mak bera olishimizdan faxrlanamiz", — dedi VETERAN uyushmasi raisi. U respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosat "eng ta’sirli" ekanligini qo‘shimcha qildi.

Izohni to‘laligicha quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Muradov: uzbekistansi riskovali jiznyami, stroya jeleznuyu dorogu dlya Afganistana
Yangiliklar lentasi
0