TOShKENT, 10 fev – Sputnik. Toshkent shahar IIBB fuqaro Zuhriddin R. Tomonidan suratga olib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videolavhaga izoh berdi.
Bir necha kun oldin taksi haydovchisi Zuhriddin R. Tomonidan suratga olingan video “radar yashirin ravishda o‘rnatilgan” va “YPX inspektori xususiy mashinada o‘tiribdi” degan izohlar bilan ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatilgan edi.
Bunga javoban Toshkent shahar ichki ishlar bo‘limi O‘zbekiston qonunchiligiga asoslangan holda – “Xodim shaxsiy avtomobilda bo‘lish huquqiga ega edi” va “Mobil radarni avtomobil orqasiga o‘rnatish mumkin”, - deb javob berdi.
Undan tashqari radarning muvofiqlik sertifikati haqidagi savollarga IIBB – ushbu sertifikatni faqat javobgarlikka tortilgan shaxslar talab qilish huquqiga ega deb javob bergan.
Shundan so‘ng IIBB ushbu videoni suratga olgan haydovchi Zuhriddin R.ning o‘zi ham so‘nggi 6 oy davomida 4 marotaba jarimaga tortilgani, lekin ularning birortasini ham to‘lamaganini aniqlagan. Aslida, tekshiruv vaqtida jarimalarni 60 kun ichida to‘lanmagan avtomobillar aniqlansa ular jarima maydonchasiga joylashtirilishi lozim.
Yuqorida keltirilgani kabi soxta materiallarni bilib bilmay internetda tarqatish Ichki ishlar xodimlarining huquq va majburiyatlari haqida noto‘g‘ri xulosaga kelishga, ularning obro‘yiga putr yetkazishga olib keladi. Undan tashqari kelajakda ushbu kabi xabarlar YPX xodimlari va odamlar orasida nizo keltirib chiqarishi yoki ommaviy bo‘ysunmaslikka olib kelishi mumkin. Ushbu kabi faoliyat uchun qonunda jazo ham belgilangan, - deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.
"Agar siz YHXB YPX xodimi o‘z kasb vakolatlarini oshirdi yoki qonunni buzdi degan fikrda bo‘lsangiz, yo‘l yuzida janjal uyushtirish shart emas, qolaversa siz qonunchilik bazasidan bexabarligingiz sababli nohaq bo‘lishingiz mumkin. Fuqaro tutishi mumkin bo‘lgan eng afzal yo‘l - bu to‘g‘risida bizga aloqa kanallaridan biri orqali xabar berish. IIBB faktlarni tekshirib, choralar ko‘radi. Muammolarni hal etishning madaniyatli usullarini tanlang", - deyilgan xabar so‘ngida.
IIBB xabarining to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.