TOShKENT, 18 dek – Sputnik. Toshkent IIBB yo‘l-patrul xizmati inspektorining haydovchiga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgani yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinladi, deb xabar qildi boshqarma matbuot xizmati.
“Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi shu yilning 26-iyun kuni Yashnobod tumani Beshariq ko‘chasida ro‘y bergan holat - Yo‘l-patrul xizmati inspektorining haydovchiga qo‘pol munosabatda bo‘lgani yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinladi”, - deyilgan xabarda.
Toshkent IIBB haydovchilik guvohnomasini almashtirishga oid ma’lumotni taqdim etdi˃˃˃
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda inspektorning haydovchiga tahdid qilayotgan hodisa videosi tarqalgandi. Uni Matiz rusumli avtomobil haydovchisi bo‘layotgan hodisani suratga olayotgani xijolatga solmagan.