IIV: 1-apreldan jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yangi tartib joriy etilishi mumkin

© AP Photo / Mikhail MetzelUzbekskie militsioneri
Uzbekskie militsioneri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birinchi apreldan hokimliklar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ichki ishlar organlarining patrul-post, yo‘l-harakati xavfsizligi, profilaktika va xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalarini tashkil etishga haqli bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 8 fev – Sputnik. “Ichki ishlar organlari tomonidan jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi xizmatlarni ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Sotrudniki organov vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
IIV ichki ishlar xodimlari kuniga bag‘ishlab video suratga oldi

Qaror loyihasiga ko‘ra, 2019-yil 1-apreldan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ichki ishlar organlarining patrul-post, yo‘l-harakati xavfsizligi, profilaktika va xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalarini tashkil etishga haqli bo‘lishi mumkin.  

Ichki ishlar organlarining davlat yo‘l harakati xavfsizlik xizmatiga yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida haq evaziga ularning avtotransport vositalarini kuzatib borish xizmatini ko‘rsatish vakolati berilishi mumkin.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari bilan shartnomaviy-huquqiy asosda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun xo‘jalik mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ichki ishlar organlari bo‘linmalari shtatlarini tashkil etishga haqli bo‘ladi.

Mujchina proizvodit nastroyku kamer nablyudeniya - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda fohishalar yashaydigan uylar yo‘laklariga kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda

Hujjat loyihasiga Ichki ishlar organlari tomonidan jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi xizmatlarni mahalliy hamda xo‘jalik hisobidan amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom ilova qilingan.

“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimiyatining 2019-yil 1-maydan:

2020 yil may oyiga qadar Toshkent viloyatida tajriba tariqasida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq ommaviy tadbirlarga shu jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan tadbirlarga Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklarining ishlamaydigan pensionerlarini 2 haftadan kam bo‘lmagan, lekin 6 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga shartnoma asosida jalb etish”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Inspektor po delam jenshin OVD Yunusobadskogo rayona Tashkenta Maksuda Xudjanazarova - Sputnik O‘zbekiston
U fohishalar va yolg‘iz ayollarni qutqaradi: toshkentlik ayol-militsioner bilan uchrashuv

Ichki ishlar va Moliya vazirliklari ichki ishlar organlari tomonidan jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek davlat yo‘l harakati xavfsizlik xizmati tomonidan yuridik shaxslarning avtotransport vositalarini kuzatib borish borasidagi xizmatlar tarifini va shartnomalar namunalarini ishlab chiqish nazarda tutilgan.

Jamoat ishlariga jalb etilgan pensionerlarning ish haqini o‘tkazib berish uchun Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasining maxsus hisob raqami ochish ham ko‘zda tutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0