Elchixona o‘zbekistonlik ayolga farzandini qaytarishda yordam berdi

CC0 / pixabay / Novorojdenniy rebenok
Novorojdenniy rebenok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xodimlari o‘zbekistonlik ayolga bolasini qaytarishga yordam berdi.

TOShKENT, 1 fev – Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xodimlari Zuhra Boboqulovaga yetti oylik bolani qaytarib olishga yordam berdi. Chaqaloq bolalar uyiga olib ketilishiga oz qolgandi.

Spuntik agentligiga ma’lum qilinicha, O‘zbekiston fuqarosi 2018-yil iyun oyida farzandli bo‘ldi. Biroq tug‘ruqxona ma’muriyatiga pasport va uning tarjimasini taqdim eta olmagan. Bular bola tug‘ilganligi haqida ma’lumotnomani rasmiylashtirish uchun zarur.

Keyinchalik tug‘ruq bo‘limi butunlay yopiladi. Bu o‘z navbatida Zuhraga ma’lumotnoma olishda qiyinchiliklarni keltirib chiqardi.

© jahonnewsZuxra Bobokulova i yee sin Iskandar Bobokulov
Elchixona o‘zbekistonlik ayolga farzandini qaytarishda yordam berdi - Sputnik O‘zbekiston
Zuxra Bobokulova i yee sin Iskandar Bobokulov

Bundan tashqari, bu ayolda O‘zbekistonga qaytish uchun puli bo‘lmagan. Shuning uchun u magazinga ishga kirib, chipta uchun pul yig‘ishni boshlaydi.

Yanvar oyida Boboqulova o‘z farzandi bilan vaqtincha istiqomat qilayotgan kvartirani tekshirish chog‘ida Moskva politsiyasi xodimlari chaqaloqning tug‘ilish haqida hech qanday hujjati yo‘qligini aniqlagan.

Boboqulovaning yashash joyidan ro‘yxatdan o‘tish muddati o‘tgan edi.

Natijada politsiya xodimlari unga 5000 rubl miqdorida jarima belgilab, tegishli hujjatlari bo‘lmagani sababli bolani onasidan olib qo‘yib, uni G.N.Speranskiy nomidagi Bolalar shahar klinik kasalxonasiga joylashtirgan.

Bu voqea sodir bo‘lgandan keyin Boboqulova yordam berish uchun elchixona konsullik bo‘limiga murojaat qiladi.

Posolstvo Uzbekistana v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada O‘zbekiston fuqarosi ayovsiz kaltaklandi, Elchixona yordamga shoshilmoqda

Konsullikda ayol haqiqatda tug‘ruq bo‘limidan chiqishda bolaga hujjatlarni o‘z aybi bilan rasmiylashtira olmagan. Tug‘ruq bo‘limining butunlay yopilib ketishi bu ma’lumotnomani olishni yanada qiyinlashtirdi.

Boshida konsullik bo‘limi xodimlari vakolatli organlar bilan telefon orqali bog‘lanib onaga farzandini qaytarishga harakat qilishdi.

Biroq “Nagatinskiy zaton” tumani vasiylik-qarov bo‘limi va Moskva G.N.Speranskiy nomidagi 9-chi shifoxona ma’muriyati chaqaloqning onaga qaridoshlik munosabatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar yo‘qligi sababli bolani berishni rad etishdi. Bu qonunchilik talablariga to‘la mos keladi.

Boboqulovaga yordam berish maqsadida konsullik bo‘limi xodimi tug‘ruq bo‘limi yopilgan 13-sonli klinik kasalxonasi ma’muriyati bilan uchrashadi.

Mutaxassislar arxivdan bola tug‘ilganligi haqida hujjatlarni topib, unga birlamchi tibbiy ma’lumotnomani rasmiylashtirib berishdi.

Pojar - Sputnik O‘zbekiston
Elchixona Ramenskoyeda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar haqidagi ma’lumotni tekshirmoqda

Keyinchalik ZAGS bo‘limida Iskandar Raxmatullayev Boboqulov tug‘ilganligi haqida guvohnoma rasmiylashtirildi. Vasiylik-qarov bo‘limida klinik shifoxonasi rahbariyatiga bolani onasiga qaytarib berish zarurligi haqida talabnoma tayyorlandi.

Shu bilan birga elchixona konsullik bo‘limi ayolga bola bilan O‘zbekistonga qaytish imkonini beruvchi sertifikatni berdi.

Boboqulov farzandi bilan yaqin 4-5 kun ichida uyga qaytib ketmoqchi.

Zuhraning ota-onasi uning tez kunda qaytishini va nabirasi bilan birinchi uchrashuvini intizorlik bilan kutishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0