TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Moskva viloyatining Domodedova shahrida kaltaklash izlari bilan og‘ir ahvolda volontorlar tomonidan topilgan O‘zbekiston fuqarosi Nella Chevtayevaga yordam ko‘rsatiladi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.
Keksa kampir ko‘karish (kaltaklash) izlari bilan og‘ir ahvolda 20-dekabr kuni Domodedovo shahrida volontorlar tomonidan topilgan.
25-dekabr kuni O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi Konsullik bo‘limiga jabrlanuvchining nabirasi murojaat qilgan va unga shaxsni tasdiqlash tartibi tushuntirilgan hamda to‘ldirish uchun anketalar berilgan. Lekin yigit buvisi haqidagi ma’lumotlarga ega emasligini bildirib, hujjatlarni olib ketgan va Konsullik bo‘limiga boshqa murojaat etmagan.
Hozirgi vaqtda Elchixonaning Konsullik bo‘limi xodimi jabrlanuvchiga yordam berish va shaxsni tasdiqlovchi hujjat masalasini hal qilish uchun N.Chevtayeva joylashgan joyga yetib bordi, deyiladi TIV matbuot-xizmati xabarida.