TOShKENT, 8 dek — Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Moskva viloyatining Ramenskoe shahridagi savdo markazida yong‘in oqibatida uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lganligi haqidagi ma’lumotni tekshirmoqda. Bu haqda elchixona press-attashesi Alisher Usmonovga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.
"Elchixona hodisa tafsilotlarini aniqlashtirmoqda. Elchixona ushbu yong‘in haqida xabardor hamda u yerda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lganligi haqidagi ma’lumot hozircha tasdiqlangani yo‘q", — dedi Usmonov.
Ilgariroq favqulodda vaziyatlar xizmatidagi manba Moskva viloyatining Ramenskoe shahridagi savdo markazida uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lganligini aytgandi.
RIA Novostiga xabar qilishlaricha, uch kishi halok bo‘lgan, besh kishi o‘rtacha og‘irlikda jarohatlangan.