O‘zbekistonga qor va 17 daraja sovuq kelmoqda

Obuna bo‘lish
5 fevraldan butun Respublika bo‘ylab havo harorati pasayib ketishi kutilmoqda, ayrim joylarda 17 daraja, tog‘li tumanlarda esa 18 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 1 fev – Sputnik. Gidrometeorologiya xizmati markazi 3-6 fevral kunlari O‘zbekistonda bo‘ladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Povsednevnaya jizn - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga Kaspiydan nam va salqin havo massasi kirib kelmoqda

Yakshanba kuni Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3-fevral kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 5-fevral kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba’zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-4 fevral kunlari 0…+5, 5-6 fevralda esa -7…-12 daraja bo‘ladi. 3-fevral kuni kunduzi +10…+15, 4-6 fevralda -2...-7 daraja bo‘ladi.

Samarqand va Jizzax viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi. 3 va 6-fevral kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 4-fevralda ayrim joylarda yomg‘ir, 5-fevral kuni esa qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba’zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-4 fevral kunlari 0…+5, 5-6 fevralda esa -7…-12 daraja bo‘ladi. 3-fevral kuni kunduzi +10…+15, 4-6 fevralda -2...-7 daraja bo‘ladi.

Silnie morozi v regionax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Qahraton sovuq: O‘zbekistonda ob-havo -12 darajagacha pastlaydi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3-4 fevral kunlari kechasi 0…-7, kunduzi +2…+7, 5-6 fevral kunlari kechasi -9…-17, kunduzi -3…-10 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, 3 va 6-fevral kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 4-fevralda ayrim joylarda yomg‘ir, 5-fevral kuni esa qor yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba’zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-fevral kuni kechasi -3…+2, kunduzi +10…+15, 4-fevralda kechasi 0…+5, kunduzi +3…+8 daraja bo‘ladi. 5-6 fevral kunlari kechasi -7…-12, kunduzi -2…-7 darajani tashkil qiladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3 va 6-fevral kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 4-fevralda ayrim joylarda yomg‘ir, 5-fevral kuni esa qor yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba’zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-4 fevral kunlari kechasi 0…+5, 5-6 fevral kunlari 5…-10, 3-fevral kuni kunduzi +10…+15, 4-6 fevralda 0…-5 daraja bo‘ladi.

Lyudi gulyayut v parke Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda hafta oxirida havo isiydi - O‘zgidromet

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 3-4 fevral kunlari yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 5-6 fevral kunlari ayrim joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba’zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-fevral kuni kechasi 0…+5, 4-6 fevral kunlari 3…-8, 3-4 fevral kunlari kunduzi +10…+15, 5-6 fevralda 0…-5 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevral kunlari esa ba’zi joylarda 15-20 m/s’gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-4 fevral kunlari kechasi -3…+2, kunduzi 0…+5, 5-6 fevral kunlari kechasi -13…-18, kunduzi -10…-15 daraja bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0