TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. O‘zbekistonga tez orada iliq kunlar qaytadi. O‘zgidromet xabariga ko‘ra, respublikaning ba’zi hududlarida termometr ko‘rsatkichi -12 darajagacha tushgach, endi hafta oxiriga kelib 15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida 25-27 yanvar kunlari kunduzi 3-8 daraja iliq, oqshom 2 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Buxoro viloyatida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Oqshom nol gradus, kunduzi esa 12-15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida iliq ob-havo kuzatiladi: kechasi – nol gradusdan 2 daraja sovuq, kunduzi - 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarga tuman tushadi. Havo harorati plyus 12-17 daraja ko‘tariladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo harorati kechasi - 0-5 gradus, kunduzi - 5-8 daraja, ba’zi joylarda 10 daraja iliq bo‘lishi mumkin.
Respublikaning tog‘li hududlarida o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Kechasi havo harorati - 3-8 daraja, kunduzi - 3 -8 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.