Qahraton sovuq: O‘zbekistonda ob-havo -12 darajagacha pastlaydi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishSilnie morozi v regionax Rossii
Silnie morozi v regionax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublikada sovuq ob-havo keyingi haftada kuzatiladi. O‘zgidromet yomg‘ir va qor va’da qilmoqda

TOShKENT, 19 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda keyingi haftadan, 20-yanvar kunidan boshlab kuchli sovuq boshlanishi, havo harorati -12 darajagacha pastlashi kutilmoqda, deb xabar qildi O‘zgidromet.

Snegopad v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Yangi yil oqshomida nega qor yog‘mayapti? Sinoptiklar javobi

Yog‘ingarchilik yakshanba kunidan boshlanadi. Yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi ehtimoli bor. Xuddi shu kuni temperatura kunduzi +2 va +4 gradus, kechasi – -2 bo‘ladi.

Eng kuchli sovuq Qoraqalpog‘istonda bo‘lishi kutilmoqda. Bu regionda termometr -3 va -8 darajani ko‘rsatadi, 21-23 yanvar kunlari qahraton sovuq – -12 darajani tashkil qiladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi shu kunlarda uzoq joylarga borishni rejalashtirmaslikni, xonadon deraza va eshiklarini sovuq o‘tmaydigan qilishni, isitish asboblarini soz holga keltirishni tavsiya etadi.

Shuningdek, ushbu davrda tuman tushishi, G‘arbdan esadigan shamol tezligi 7-12 metrni tashkil etishi kutilmoqda. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.

Yangiliklar lentasi
0