Samarqandda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik foizi kamaydi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yilda Samarqand viloyatida umumiy jinoyatlar soni 2017-yilga nisbatan 32,2 %ga kamaygan.

TOShKENT, 29 yanv - Sputnik. Samarqandda o‘tgan yil yoshlar ikkita qotillik jinoyati sodir etgan, deb xabar qildi Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati.

Press-konferensiya MVD RUz - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV respublikada jinoyatchilik keskin kamaygani haqida bayonot berdi

2018 yilda Samarqand shahri yoshlari tomonidan 6ta og‘ir tan jarohati yetkazish, 2 ta nomusga tegish, 70 ta o‘g‘irlik, 8 ta talonchilik, 1 ta bosqinchilik, 70 ta firibgarlik, 3 ta tovlamachilik, 15 ta bezorilik, 3 ta transport vositasini olib qochish jinoyatlari  sodir etilgan.

Ushbu ko‘rsatkichlar o‘tgan yilga nisbatan kamaygan.

Samarqand shahar hokimligi, viloyat xalq ta’limi, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari, oliy o‘quv yurtlari va yoshlar ittifoqi mas’ul xodimlari o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarni tahlil etib, joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida o‘z taklif va mulohazalarini bildirganlar.

Shuningdek, tadbirda "Yoshlar – kelajagimiz" davlat dasturi doirasida yoshlarning bandligini ta’minlash, shahardagi tungi klub va internet kafelar faoliyatini tartibga solish, o‘quvchi va talaba yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri maqsadlarda foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, shahar hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyasi ishini jonlantirish lozimligi ta’kidlangan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik ortganligi uchun rahbarlarga tanbeh berdi

Hokimlik xabariga ko‘ra, 2018-yilda Samarqand viloyatida umumiy jinoyatlar soni 2017-yilga nisbatan 32,2 %ga kamaygan. Jumladan, qasddan odam o‘ldirish va suiqasd qilish 26,2 foizga, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish 35,6 %ga, nomusga tegish yoki suiqasd qilish 24,9 %ga, talonchilik 67  %ga, bosqinchilik 26,7 %ga, tovlamachilik 55,8 %ga, o‘g‘irlik 36,8 %ga, bezorilik 53 %ga, odam savdosi 83,3 %ga va poraxo‘rlik 54,6 %ga kamaygan.

O‘tgan  yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat, tuman va shahar sudlari tomonidan 5324 nafar shaxsga nisbatan 4261 ta jinoyat ishlari ko‘rib chiqildi. Shundan 3982 nafar shaxsga nisbatan 3059 ta ishlar bo‘yicha ayblov va oqlov hukmi chiqarilgan bo‘lsa, 1342 nafar shaxslarga nisbatan 1202 ta jinoyat ishlari tugatilgan. 1179 ta jinoyat ishi taraflarning yarashganliklari munosabati bilan Jinoyat kodeksining 661-moddasiga asosan tugatilib, 1323 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan.

Shuningdek, 2142 ta jinoyat ishlari sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi. Jinoyat sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish masalalari yuzasidan 2016 ta xususiy ajrimlar chiqarilib, muhokama qilish uchun tegishli korxona, muassasa va tashkilotga yuborilgan.

Jinoyat ishlarini sudda ko‘rishda jamoatchilikni jalb qilgan holda, mahalla, yoshlar ittifoqi, xotin-qizlar kengashi vakillarini jamoat himoyachisi sifatida ishtiroki ta’minlanib, mahalla fuqarolar yig‘inlari kafilligi asosida 40 nafar shaxsga, xotin-qizlar kengashi kafilligi asosida 10 nafar shaxsga va yoshlar ittifoqi kafilligi asosida 52 nafar (jami 102 nafar) shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0