O‘zbekiston IIV respublikada jinoyatchilik keskin kamaygani haqida bayonot berdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-konferensiya MVD RUz
Press-konferensiya MVD RUz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eng ko‘p sodir etiladigan jinoyat turi bo‘lmish o‘g‘irlikning ochilish darajasi bugun O‘zbekistonda 82 foizni tashkil qilmoqda, dedi IIV vakili

TOShKENT, 30 noya - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. 2018-yil davomida O‘zbekistonda jinoyatchilik o‘tgan yilgiga nisbatan 35,7%ga pasaydi, deb bayonot qildi juma kuni OAV vakillari uchun o‘tkazilgan matbuot-anjumani davomida O‘zbekiston IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bosh boshqarmasi rahbari Qutbiddin Burxonov.

"2018 yilning 10 oyi davomida bizning mamlakatimizda 38 ming 445ta jinoyat qayd etilgan bo‘lib, bu o‘tgan yil sodir qilingan jinoyatlarga nisbatan 21 ming 355taga kam bo‘lib, 35,7 %ga pasayishiga erishildi. Bu juda katta ko‘rsatkich, albatta", - dedi Burxonov.

IIV vakili so‘zlariga ko‘ra, bu ichki ishlar organlarining mahalla instituti, "Yoshlar ittifoqi", xotin-qizlar qo‘mitalari, barcha jamoat tashkilotlari, hattoki, diniy idoralar bilan hamkorlikda olib borayotgan hamkorligi samarasidir.

Inspektoram profilaktiki vrucheni klyuchi ot kvartir i mashin - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev bir guruh ichki ishlar xodimlarini mukofotladi

"O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilgan bu islohotlar natijasida, respublikamizdagi 9015ta mahallaning 2789tasida birorta ham jinoyat sodir etilmadi", - deb qayd etdi Burxonov.

O‘zbekiston IIV axborotiga ko‘ra, 2017-yil 10 oy davomida respublikada 10 ming 85ta o‘g‘irlik jinoyati sodir etilgan bo‘lsa, 2018-yilda bu ko‘rsatkich 6 ming 270tani tashkil qildi.

O‘g‘irlik jinoyatining bugun respublikada ochilishi 2018-yilda 82%ni tashkil etdi. 2017 yilda bu ko‘rsatkich 76% bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0